Falastinning tan olinishida turkiyalik jurnalistlarning oʻrni eʻʻtirof etildi
Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi Fahriddin Altun ilgari buni istamagan baʻʻzi davlatlar bugun Falastinni tan olishsa, bunda Turkiyaning diplomatik tashabbuslari bilan bir qatorda qirgʻin va zulm sharoitida oʻz kasbini ado etayotgan muxbir va jurnalistlarning ham ulkan hissasi borligini taʻʻkidladi.
Shuningdek, Fahriddin Altun turkiyalik muxbirlar nizoli hududlarda jurnalistika nuqtai nazaridan oʻrnak boʻlayotganini eʻʻtirof qildi.
«Jamiyatda axborotga boʻlgan ishonchni qayta tiklash va haqiqatni yoritishda davom etish boʻyicha uzoq muddatdan beri ishlayotgan ommaviy axborot vositalarining muhim vazifalari bor. Unutmaylik, dezinformatsiya yaʻʻni yolgʻon axborot oʻz mohiyatiga koʻra arzon va sifatsizdir. Haqiqiy jurnalistika esa qimmatli, malakali va mehnat mahsulidir», – dedi Fahriddin Altun.
Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi jurnalistlar mintaqaviy va global inqirozlar kechayotgan nuqtalarda, ayniqsa, Gʻazodagi shafqatsizlikni ommaga etkazish uchun oʻz hayotlarini oʻrtaga tikkan holda ish olib borishayotganini taʻʻkidladi.
Darhaqiqat, bugungi kunda media va jurnalistikaning dunyo geosiyosatida ham alohida oʻrni bor. Bu ish oʻziga xos sharafli boʻlish bilan birga, katta masʻʻuliyat ham yuklaydi. Falastin va boshqa masalalarda esa jurnalistlar xolis va adolatli boʻlmogʻi lozim.