-
Afsuski shu davr mobaynida Aloqa guruhi oʻz hukumatlarining urushni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorini amalga oshirish boʻyicha biron-bir jiddiy chora koʻrmadi. Isroil Gʻazodagi bolalar, ayollar va keksalarni qirgʻin qilishda davom etar ekan, davlat rahbarlari rasmiy suratga tushish, qizgʻin uchrashuvlar va quruq gapdan nariga oʻtishmadi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 377 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Eron armiyasi Eron-Pokiston chegarasini noqonuniy kesib oʻtmoqchi boʻlgan afgʻonistonlik muhojirlarga qarata oʻq uzgani, eng kamida 250 kishi hayotdan koʻz yumgani aytilmoqda. Afgʻoniston muvaqqat hukumati holat yuzasidan tergov boshladi.
-
Rossiya fuqaroligini olish uchun Ukrainadagi urushda qatnashgan va yaralanib, Oʻzbekistonga qaytgan samarqandlik 56 yoshli erkak uch yilga qamaldi. Uning telefonidan RF harbiy guvohnomasi, jarohatlangani haqidagi maʻʻlumotnoma va Rossiya pasporti rasmlari chiqqan.
-
16 oktyabrʻ kuni Oʻzbekiston va xorijdagi saylov uchastkalarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, shuningdek, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga deputatlar saylovi boʻyicha muddatidan oldin ovoz berish boshlandi.
-
Hindistonning Karnataka shtati sudi masjid ichida hinduizm dinining “Jay Shri Ram” shiorini hayqirib aytgan ikki radikal hinduga nisbatan ochilgan jinoyat ishini bekor qildi. Sud bunday xatti-harakat amaldagi qonunchilikka zid emasligini va masjidga ibodat qilish uchun kelgan dindorlarning his-tuygʻularini ranjitmasligini "aniqladi".
-
Oʻtgan yilning oxirlarida McDonald’s, Starbucks kabi sionistlarni qoʻllab-quvvatlovchi kompaniyalarga nisbatan keng miqyosli boykot eʻʻlon qilingan boʻlsa, 2024 yilning bahoriga kelib, buning natijalari – kompaniya egalarining katta yoʻqotishlari boʻy koʻrsatdi. Qolaversa, mashhur universitetlar boʻylab urushga qarshi talabalar harakatining kuchayishi sababli akademik boykot ham yuzaga keldi.
-
28 sentyabrʻ kuni Livanning “Hizbulloh” harakati etakchisi Sayyid Hasan Nasrulloh oʻldirilgani eʻʻlon qilindi. Mazkur xabar ostiga oʻz izohini qoldirgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri esa “Bugungi kunda mazhablar erib ulgurdi. Biz uchun faqatgina ikki yoʻl qoldi: yo qarshilik aʻʻzosi boʻlamiz yoki sionist, vassalom!” deb yozdi misrlik yozuvchi va jurnalist Fahmi Huvaydi maqolasidan.
-
Joriy yilning mart oyidan beri Yamanda avj olgan vabo epidemiyasidan 720 dan ortiq odam halok boʻldi. Mamlakat boʻylab 203 mingdan ortiq kasallik holati qayd etilgan. JSST maʻʻlumotlariga koʻra, Yamandagi sogʻliqni saqlash muassasalarining atigi 51 foizi toʻliq ishlamoqda, 36 foizi esa cheklangan xizmatlarni taqdim etyapti.