Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasida tashkil etilgan saylov uchastkasi.

16 oktyabrʻ kuni Oʻzbekiston va xorijdagi saylov uchastkalarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, shuningdek, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga deputatlar saylovi boʻyicha muddatidan oldin ovoz berish boshlandi. Ushbu jarayon 23 oktyabrgacha davom etadi. Saylovlar 27 oktyabrʻ kuniga belgilangan.

Saylov kuni oʻz yashash joyida boʻla olmagan saylovchilar muddatidan oldin ovoz berishlari mumkin. Saylov uchastkasiga kelgan saylovchi arizada saylov kuni kelmaganining sababini (taʻʻtil, xizmat safari, chet elga chiqish va h.k.) koʻrsatishi shart.

Oʻzbekistonda muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha va dam olish kunlari soat 11:00 dan 17:00 gacha, xorijdagi saylov uchastkalarida esa mahalliy vaqt bilan soat 9:00 dan 18:00 gacha davom etadi.

Mavzuga aloqador