Isroil HAMASning yangi rahbari Yahyo Sinvar Gʻazo sektoriga berilgan navbatdagi zarbalar chogʻida oʻldirilganini iddao qilmoqda.  Harakat hozircha ushbu xabarni tasdiqlagani yoʻq.

Falastinning HAMAS harakati rahbari Yahyo Sinvar Isroil armiyasining Gʻazo sektoriga bergan zarbasi oqibatida halok boʻldi. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Kats maʻʻlum qildi. Harakat hozircha ushbu maʻʻlumotni tasdiqlagani yoʻq.

Katts 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning Isroilga hujumi uchun Sinvarni javobgar deb hisobladi.

U Sinvarning oʻldirilishini “harbiy muvaffaqiyat va Isroilning Eron ustidan qozongan gʻalabasi” deb atadi.

Kattsning soʻzlariga koʻra, Sinvarning oʻlimi "Gʻazo sektoridagi isroillik garovga olinganlarni ozod qilish hamda Gʻazoda HAMAS va Eron nazorat qila olmaydigan yangi voqelikni yaratish imkoniyatini ifodalaydi".

Oʻz navbatida, HAMAS etakchisi Yahyo Sinvarning shahid blgani haqidagi xabar arbiy Sohildagi masjidlardan eʻʻlon qilina boshladi:

"Mujohidlar qmondoni, Falastin generali, shahid Yahyo Sinvar".

Yahyo Sinvar 1962 yil 29 oktyabrda Gʻazo sektori janubidagi Xon Yunus shahridagi qochqinlar lagerida tugʻilgan.

Sinvar HAMASning jangari qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari asoschilaridan biri sanaladi.

Mavzuga aloqador