Hindistonning Karnataka shtati sudi masjid ichida hinduizm dinining “Jay Shri Ram” shiorini hayqirib aytgan ikki radikal hinduga nisbatan ochilgan jinoyat ishini bekor qildi, deb yozadi Islam News NDTV telekanaliga tayanib. 

Ayblanuvchining apellyatsiya arizasini koʻrib chiqqan sudya M.Nagaprasana raisligidagi sudyalar hayʻʻati oʻz qarorida “Jay Shri Ram” (butparastlarning ilohini ulugʻlash) iborasi hatto masjidda aytilgan taqdirda ham, hech kimning diniy tuygʻulariga zarar etkazilganini koʻrmaganligini taʻʻkidlanadi. 

Ayblanuvchilar Hindiston Jinoyat kodeksining noqonuniy bostirib kirish, tahdid va diniy tuygʻularni haqorat qilish bilan bogʻliq moddalari boʻyicha ayblangan edi. Politsiya mahkama jarayonida ayblanuvchilar kechqurun masjidga bostirib kirishganini, oʻzlarini jangovar tutganlari va hind diniy shiorin qichqirib aytganlarini tasdiqlagan. 

Biroq Karnataka sudi oʻz hukmida bunday xatti-harakat amaldagi qonunchilikka zid emasligini va masjidga ibodat qilish uchun kelgan dindorlarning his-tuygʻularini ranjitmasligini "aniqladi".

Mavzuga aloqador