17.10.2024 11:27
Eron armiyasi chegarani noqonuniy kesib oʻtmoqchi boʻlgan afgʻon muhojirlarini oʻqqa tutgani aytilmoqda – kamida 250 qurbon
Eron armiyasi Eron-Pokiston chegarasini noqonuniy kesib oʻtmoqchi boʻlgan afgʻonistonlik muhojirlarga qarata oʻq uzgani, eng kamida 250 kishi hayotdan koʻz yumgani aytilmoqda. Afgʻoniston muvaqqat hukumati holat yuzasidan tergov boshladi.
Afgʻoniston muvaqqat hukumati OAVdagi xabarlar va eronlik diplomat bayonoti ortidan Eron-Pokiston chegarasida 250 nafar afgʻon muhojirining oʻldirilishi ehtimoli boʻyicha tergov boshladi. Bu haqda Islom amirligi rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid maʻʻlum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Mujohidning taʻʻkidlashicha, hozircha aniq maʻʻlumot yoʻq, Islom Amirligining turli muassasalari tekshiruv oʻtkazmoqda.
Mintaqaviy nashrlar Eronning Haalvsh inson huquqlari tashkilotiga tayanib, eronlik chegarachilar Pokistondan Eronga kirishga uringan afgʻon muhojirlariga qarata oʻt ochganini daʻʻvo qilmoqda. Hodisa 13 oktyabrʻ kuni kechqurun Shahriston Seravon chegara punkti yaqinida sodir boʻlgan. Haalvsh maʻʻlumotlariga koʻra, 250 ga yaqin odam halok boʻlgan.
Eronning Afgʻonistondagi elchisi va maxsus vakili Hasan Kazemi Qumi bu daʻʻvolarni rad etdi. Uning soʻzlariga koʻra, ishonchli manbalardan olingan tekshiruvlarga koʻra, Seravan chegarasida oʻnlab muhojirlar halok boʻlgani haqidagi maʻʻlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.