BMT: Yamanda mart oyidan beri vabodan kamida 720 kishi halok boʻldi
Joriy yilning mart oyidan beri Yamanda avj olgan vabo epidemiyasidan 720 dan ortiq odam halok boʻldi. Mamlakat boʻylab 203 mingdan ortiq kasallik holati qayd etilgan. JSST maʻʻlumotlariga koʻra, Yamandagi sogʻliqni saqlash muassasalarining atigi 51 foizi toʻliq ishlamoqda, 36 foizi esa cheklangan xizmatlarni taqdim etyapti.
BMT bosh
kotibining gumanitar masalalar boʻyicha yordamchisi Joys Msuya Yamanda vabo epidemiyasi
tarqalishda davom etayotgani, shu yilning mart oyidan buyon mamlakatda 203 mingdan
ortiq kasallik holati qayd etilganini taʻʻkidladi.
Xuddi shu
davrda epidemiya kamida 720 kishining hayotiga zomin boʻldi, ularning 53 foizi
ayollar va qizlar edi, dedi Msui.
Yaman
qariyb 10 yil davom etgan fuqarolar urushi tufayli dunyodagi eng yomon
insonparvarlik va sogʻliqni saqlash inqiroziga duchor boʻlishda davom etmoqda.
Urush
tufayli mamlakatda koʻplab yuqumli kasalliklar keng tarqalgan boʻlib, ayniqsa 2024
yil boshidan buyon vabo kasalligi sezilarli darajada oshgan.
Jahon
sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʻʻlumotlariga koʻra, Yamandagi sogʻliqni saqlash
muassasalarining atigi 51 foizi toʻliq ishlamoqda, 36 foizi esa cheklangan
xizmatlarni taqdim etyapti.
Maʻʻlumot
uchun, vabo epidemiyasi ichki urushlar girdobida qolgan Sudan va Nigeriya kabi
qashshoq davlatlarda ham keng tarqalmoqda, qurbonlar soni kundan-kunga oshmoqda.