Mardlar urushi
Bugun bir video koʻrib qoldim. Gʻazodagi haqiqiy jang sahnasi. Bir guruh Isroil harbiylari bir uyda HAMAS bilan otishmoqda. Bir askar yaralanadi, soʻng boshqa bir xonaga chekinishadi. Videoda faqat ikki harbiy avtomatdan otayotganini koʻrish mumkin, qolganlar qoʻrqqanidan burchakka tiqilib olgan va aftidan, yordam kuchlari kelishini kutishmoqda. Video harbiylardan biridagi bodikameradan tasvirga olingan. Isroil oʻz magʻlubiyati, ojizligini har qanday yoʻl bilan boʻlsa ham bekitishga urinishini hisobga olsak, katta ehtimol bilan bu bosqinchilar HAMAS tomonidan qirib tashlangan va video ular tomonidan eʻʻlon qilingan.
Yahudiylar
qanchalik qoʻrqoq boʻlmasin, qurolsiz, ojiz ayollar va bolalarga nisbatan “sher”
boʻlishini butun dunyo bildi. Shunda ham tishidan tirnogʻigacha qurollangan holatda!
Ammo biror joyda HAMAS askarlarining ayollar va bolalarni qoʻyaturing, birorta
tinch aholi vakilini nohaq qatl qilganini koʻrdingizmi? Men koʻrmadim. Aksincha,
hatto harbiy asirlarga ham chin insonlik muomalasida boʻlinganini ozod qilingan
isroilliklar oʻz tillari bilan aytishdi. Asirlar almashinuvi jarayonida hatto
ularning soppa-sogʻ, ozoda va yuzlarida tabassum bilan chiqqani butun dunyoni taʻʻsirlantirdi.
Isroilchi? Hatto bolalarni qanchalik qiynagani, mayib-majruh, kasalmand holda
qoʻyib yuborganiga guvoh boʻldik. Evropalik ayolning kimning qoʻlida asirlikda
qolishni tanlardingiz, HAMASmi, Isroilmi, deb soʻragan soʻrovnomasiga gʻarbliklar
katta farq bilan HAMASni tanlagani ularning naqadar ahloqli, naqadar mardonavor
urush olib borayotganidan, asirlarga hatto baʻʻzi hukumatlar oʻz fuqarolariga ravo
koʻrmaydigan yumshoq muomalani qilayotganidan darak beradi.
***
Insonlar
turli sabablarga koʻra bir-biri bilan jang qilishi mumkin: himoya, ishgʻol, tabiiy
resurslar vahokazolar uchun. Urushish – yaxshimi-yomonmi, inson tabiatiga jo qilingan
xususiyat. Tarix davomida odamlar muntazam urishib kelgan. Oʻtmish sahifalarini
varaqlasangiz, biror yil, biror asr yoʻqki ikki xalq, ikki davlat, ikki toifa
bir-birini qirgʻinbarot qilmagan boʻlsa.
Ammo.
Urushning urushdan farqi bor. Urushning oʻz yozilgan-yozilmagan qoidalari bor. Tinch
aholi, ayollar va bolalarni qatliom qilmaslik, asirlar va yaradorlarga insonona
munosabatda boʻlish ushbu qoidalarning bosh mezonidir. Urush sababi qanday boʻlishidan
qatʻʻi nazar, ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, asrlar davomida bu oltin
qoidalarga amal qilingan. Toʻgʻri, asir va oʻlja olish, qul qilish holatlari boʻlgan.
Ammo asir va qullarga ham insondek muomalada boʻlingan, ularning haq-huquqlariga
rioya qilingan. Bu qoidalarga zafar qozongan tomonning dini yoki eʻʻtiqodidan
qatʻʻi nazar amal qilingan. Shuning uchun ham bu maydonni mardlar maydoni deb
atashgan.
Urush
maydonida mard boʻlish nima bergan? Yo sharafli oʻlim, yoki tinch-xotirjam hayot. Axir
shusiz ham katta yoʻqotishlarga uchragan qurolsiz va ojiz insonga zulm va tajovuz
qilgan kishi butun umr tinch-xotirjam yashashiga ishonasizmi? Tinch uxlab, dahshatli
tushlar koʻrmasligiga-chi? Garchi oʻziga oʻsha vaqtdagi qilmishlarini oqlash uchun
minglab baholarni oʻylab topganiga qaramasdan, risoladagidek yashashiga men aslo
ishonmayman.
***
Sovuq
urush davridan bugungi kunga qadar dunyoning turli nuqtalarida qonli urushlar olib
borayotgan AQSh Vʻetnam (1955-1975 yillar), Iroq (2003-2011), Afgʻoniston
(2001-2021) va boshqa hududlarda millionlab insonlarning oʻlimi, boshpanasiz va
vatansiz qolishiga sababchi boʻldi. Ayni paytda, yuz minglab askarlari urushlardan
mayib-majruh, ruhiy xasta boʻlib qaytdi.
Birgina Vʻetnam
urushida AQSh “Napalm” (yonayotgan olov purkovchi qirgʻinbarot qurol), “oranj”
(daraxt va qishloq xoʻjaligi ekinlarini yoʻq qiluvchi kimyoviy qurol) kabi dahshat
soluvchi qurollardan foydalanib, yuz minglab tinch aholi vakillarining oʻlimiga
sabab boʻldi. 58 ming qurbon bilan bir qatorda son-sanoqsiz (urushda 2,5 mln
askar qatnashgan) ruhiy xastalar armiyasiga ham ega boʻldi.
AQShning
Vʻetnamdagi urushiga qarshi boʻlgan asosiy faollardan biri Devid Kortraytning
eʻʻtirof etishicha, Vʻetnam urushi veteranlari depressiya, qaramlik (ichkilik yoki
narkotiklarga), zoʻravonlik va suitsidga moyillikdan aziyat chekishgan, shu sababli
juda koʻplarining oilalari buzilib ketgan. AQShning Vʻetnam va Afgʻonistondagi
urushlarida qatnashgan sobiq harbiylar orasida oʻz joniga qasd qilish dajarasi juda
yuqori. Bugun ham AQShning yirik shaharlarida boshpanasiz sogʻlom, baquvvat va yosh-yosh
erkaklarni koʻplab uchratasiz. Ularning aksariyati aynan urushlarda olgan
psixologik jarohatlari oqibatida yarim telbalarga, darbadarlarga aylanib
qolishgan.
Yoki sobiq
SSSRning Afgʻonistondagi, bugungi Rossiyaning Ukrainadagi adolatsiz va nohaq
urushlari oqibatida ham minglab harbiy xizmatchilar katta psixologik jarohatlar
olishdi, olishda davom etmoqda. Har holda “kontuziya” soʻzi biz oʻzbeklarga ham
notanish emas. Ular ham aslida urush qurbonlari, biroq nohaq, nomard urushning.
***
Yana
Gʻazodagi urushga qaytamiz. Isroil matbuoti maʻʻlumotlariga koʻra, shu 110 kunlik
urush davomida 30 mingga yaqin harbiy xizmatchi turli darajada jarohatlangan,
ularning katta qismi ruhiy jarohat olgan boʻlib, hatto tunlari qoʻrqqanidan peshob
qilib chiqayotganini
ham tan olmoqda.
Ishonch
bilan aytamanki, Gʻazoda urush tugaganidan soʻng gʻolib hamaschilarning birortasi
umrining qolgan qismini dahshat va ruhiy xastaliklar bilan oʻtkazmaydi, aksincha, xotirjamlik,
qalbidagi faxr va gʻurur, sharaf hissi bilan yashaydi. Chunki, birinchidan, ular oʻz
vatani, millati, dini va sharafini himoya qilmoqda, ikkinchidan, mardlarcha
urishyapti, faqat dushmanning harbiylashgan qismlarini mardonavor yoʻq qilmoqda.
Ularning
har bir zafarli odimlaridan urushsang, mardlarcha urush, oʻlsang, sharaf bilan oʻl,
degan maʻʻnoni anglagandek boʻlyapman.
Sanjar Said
Oʻxshash maqolalar
HAMASsiz
dunyo tinchroq boʻlarmidi…
Gʻazoliklar
matonati tufayli 30 nafar avstraliyalik ayol Islomni qabul qildi
Isroil
matbuoti: Gʻazoga hujumlar boshlanganidan buyon 4 ming harbiy xizmatchi nogiron
boʻldi
“Dahiya
doktrinasi”: sionistlar vahshiyligi oʻzlariga qarshi ishlashni boshladi
Gʻazo
maydon egalaridan ilk hikoya
Isroilning
Gʻazoga hujumlari Gʻarbda musulmonlar tushunchasini ijobiy tomonga oʻzgartirdi
“Bizni
chiqindidek uloqtirdingiz” – Gʻazodan qaytgan Isroil askari
Shayx
Ahmad Yosindan ummati Muhammadga maktub!
Falastinliklar
nega HAMASni ayblamayapti?
Senator:
Isroil reputatsion urushda magʻlub boʻlmoqda
Falastin
qarshilik harakati asoschisi shayx Izzuddin al-Qassom kim?
“Alloh
qaerda? Nima sababdan U Gʻazo uchun qasos olmayapti?”, deya savol beruvchilarga