Nima uchun deistlar paygʻambarlik dalillari qarshisida sukut saqlaydi?
Deizm haqidagi oʻninchi darsimiz. Deist suhbatdoshimizga, har galgidek, soʻrov bilan yuzlanamiz:
– Sen inkor qilayotgan paygʻambarlik vazifasi shunday masalaki, birgina paygʻambarning mavjudligi isbotlansa, nubuvvat haqiqati isbotlanadi.
– Sen inkor qilayotgan samoviy kitoblarning tushirilishi shunday masalaki, agar birgina kitob Allohning kitobi ekani isbotlansa, Allohning kitoblar tushirgani isbotlanadi.
Sen shunday mavzularni inkor qilyapsanki, ular ikki dunyoda ham boshingga balo boʻladi. Shu sababli izlanishing va haqni topish uchun saʻʻy qilishing kerak. Bizlar koʻrsatuv tayyorlash mashaqqatini neʻʻmat bilib, mazkur namoyishlarni hozirladik. Sen ham “Balki adashayotgandirman? Paygʻambarlar yuborilgan va kitoblar tushirilgan, oxirat ham mavjud boʻlsa, unda holim nima kechadi?” deyishing va mazkur mavzu asosida tayyorlagan videolarimizni tomosha qilishing zarur. Shunda oʻzing ham guvoh boʻlasanki, Alloh paygʻambarlar yuborgan va hazrat Muhammad alayhissalom Allohning paygʻambaridir. Alloh kitoblar tushirgan va Qurʻʻon Allohning kitobidir.