25.12.2023 12:23

Tarixda ilk bor robotlar askarlar qatorida harbiy mashgʻulotlarda ishtirok etdi

Tarixda ilk bor robotlar askarlar qatorida harbiy mashgʻulotlarda ishtirok etdi

AQShda robot askarlar va qurolli robotlashtirilgan mashinalar harbiy mashgʻulotlarda ishtirok etdi.

Military Times global mudofaa nashri maʻʻlumotlariga koʻra, AQSh armiyasi oktyabrda "Inson-mashinalar integratsiyasi boʻyicha ikkinchi sammit"da robot va qurolli robotlashtirilgan mashinalarning haqiqiy oʻq-dorilardan foydalangan holda harbiy mashgʻulotlarda ishtirokini sinovdan oʻtkazdi.

Mashgʻulotlarga rahbarlik qilgan AQSh armiyasining Kelajak qoʻmondonligi boshligʻi general Jeyms Reynining nashrga bergan maʻʻlumotiga koʻra, tarixda birinchi marta haqiqiy harbiylardan tashkil topgan ikkita engil piyoda qoʻshin vzvodiga robot jangovar mashinalar va robot askarlar qoʻshilgan hamda robotlarning ushbu vzvodlarga integratsiyalashgan holda jang olib borilishiga erishilgan.

Jorjiyaning Fort Mur harbiy bazasida boʻlib oʻtgan mashgʻulotlarda robot askarlar juda samarali va kutilgandan ham koʻra yaxshi harakat qilgan. Shahardagi urush tarzida olib borilgan mashqlarda robotlar nafaqat jang maydonida boshqa odamlarga rahbarlik qilishgan, balki oʻzlari tegishli boʻlgan vzvodlar oldinga siljishi uchun ochiq maydonda ham, binolar ichida ham birinchi boʻlib jang qilgan boʻlinmalarga aylandi.

AQSh tomonidan oʻta sir tutilgan robot askar loyihasi doirasidagi mashgʻulotlar insonlar tomonidan boshqariladigan robotlashtirilgan harbiy mashinalar ham hamrohlik qilgan. Qoʻlag kiritilgan maʻʻlumotlarga koʻra, 20 nafar askar tomonidan boshqariladigan bu robotlashtirilgan mashinalar “jang maydonini dushman boʻlinmalaridan tozalagan, kerak boʻlganda granata yoki tutunli bomba uloqtirgan, zarurat tugʻilganida esa boshqa birliklarga qalqon vazifasini oʻtagan”.

Haqiqiy vaqt rejimida oʻtkazilgan jangovar mashgʻulotlarda robotlashtirilgan mashinalar dushman dronlarini zararsizlantirgan, dushman signallarini toʻsgan va oʻz boʻlinmasidagi askarlarning aloqa tarmogʻini kengaytirgan. Mashinalardagi oʻrta oʻlchamli dronlar binolarning tomidan, kichik dronlar esa derazadan binolarga kirgan va dushman binolarining butun ichki tuzilishini qayd etib, oʻz boʻlinmalaridagi askarlarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatgan. Robot harbiy itlar binolarga kirib, kimyoviy yoki biologik xavf mavjudligini tekshirgan.

 Avvalroq Isroil armiyasi Gʻazoda yanada koʻlamliroq vayronagarchiliklarga xizmat qilishi uchun sunʻʻiy intellektdan foydalanayotgani haqida xabar bergan edik.

Mavzuga aloqador