18.12.2023 10:19

Borliqdagi bir ovoz urush haqiqatlarini ochib berdi

“Aqso toʻfoni” turli targʻibotlar bilan yashirib kelinayotgan haqiqatlarni oshkor qilib tashladi.

Kecha Gideon Levi “Haarets” gazetasida shunday yozdi:

“Bizda hali bunday urush boʻlmagan. Mutlaq, hamma bir ovozda qoʻllab quvvatlagan urush. Katta sukunat urushi. Koʻr-koʻrona yordam urushi. Boshida ham eng chqqisiga etganda ham hech qanday qarshiliksiz, noroziliksiz, hamma maʻʻqullagan urush. Hammaning har tomonlama qoʻllab-quvvatlashi bilan davom etayotgan urush. Gʻazoda salkam yigirma ming odam halok boʻlgan urush. Ularning aksari begunoh edi. Gʻazo xalqining uylarini ham, qalblarini ham vayron qilgan urush. 

Bu Isroil tarixidagi adolatli urushmidi? Ikki millionlik insonning tinchini buzgan bu urush axloq meʻʻyorlariga toʻgʻri keladimi? Agar javobingiz “Yoʻq” boʻlsa, nega bu qon toʻkishlarni toʻxtatadigan ovoz yoʻq? Hatto Isroil harbiylari orasidan ham yana qancha qon toʻkilishini xohlaysiz?

Gʻazodagi azob-uqubatlar Isroil uchun hech qanday yutuq keltira olmaydi. Qish yaqinlashmoqda va bu azob ikki baravar, balki uch baravar koʻpayadi. Isroil hech qachon bu urushda boʻlgani kabi bunchalik vayronagarchilik qilmagan, bunchalik koʻp sonli bolalar va qariyalarni oʻldirmagan.

Agar Isroil umumiy nutqlarda faqat xayoliy harbiy yutuqlar haqida bong uraversa, oʻzining vayronagarchiliklarini davom ettiraversa, shuningdek, unga nisbatan qilingan qarshiliklarga bepisand qarashda davom etaversa, isroilliklar uchun natija aniq: bu urush hech qachon toʻxtamaydi, toki sektor aholisining hammasi qirilib ketmagunicha”. (Iqtibos tugadi)

Biz takrorlaymiz:

7 oktyabrdan oldingi barcha hodisalarga qaramasdan aytamizki, bu bizga oʻn yillar davomida maʻʻlum boʻlganidan boshqa “borliq” va bu biz anchadan beri taniganimizdan boshqa “jamiyat”.

“Aqso toʻfoni” turli targʻibotlar bilan yashirib kelinayotgan haqiqatlarni oshkor qilib tashladi. Bu axloq meyorlaridan tashqaridagi “borliq”, bular oʻzidan boshqalarni tan olmaydigan jamiyat. “Aqso toʻfoni” mana shularni ochib berdi.

Yosir az-Zaatra, jurnalist, Falastin.

Mavzuga aloqador