-
Garvard maʻʻmuriyati haydalgan talabalarni qaytarishni maʻʻqulladi va Isroilga sarmoya kiritish masalasini muhokama qilishga rozi boʻldi, deya taʻʻkidladi talabalar. Shuningdek, Falastin tarafdori boʻlgan norozilik namoyishlari Garvard universitetida oʻqishni toʻxtatishga olib kelgan va 60 dan ortiq talaba intizomiy jazoga tortilgan.
-
«Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasida vizasiz rejim joriy etiladi. Shuningdek, Afgʻoniston va Pokiston fuqarolariga hudud ichida doʻkon va binolar sotib olishga ruxsat berildi. Savdoda soʻm bilan birga dollar, rublʻ, evro va yuanʻ valyutalarini qabul qilishga ruxsat beriladi.
-
Ishgʻoldagi Gʻazo sektorida Falastin guruhlari Isroil armiyasiga tegishli 21 ta harbiy mashinani oʻqqa tutdi. Toʻqnashuvlar chogʻida Isroil armiyasining 14 ta tanki, toʻrtta bulʻdozeri va uchta harbiy mashinasiga zarba berilgan.
-
“Tolibon” delegatsiyasi Qozondagi “Rossiya – islom olami: Kaznforum” xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun Moskvadan Tataristonga parvoz qilish kerak edi. Biroq ertalab uyushtirilgan dron hujumi tufayli delegatsiya tashrifi kechikdi.
-
Buning natijasida Tojikiston va Qirgʻiziston endi kuz-qish mavsumida elektr energiyasi tanqisligiga duch kelmaydi, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston esa sugʻorish mavsumida suvsiz qolmaydi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 222 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari lavozimiga bosh vazirning iqtisodiy masalalar boʻyicha sobiq birinchi oʻrinbosari Andrey Belousov nomzodini ilgari surdi. Andrey Belousov kim? Belousov zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan, harbiy sohaga iqtisodchini bosh qilishdan koʻzlangan maqsad nima? Azon Global ushbu masala atrofida mutaxassislar va Gʻarb matbuoti munosabatlarini oʻrgandi.
-
Indoneziyaning Bali orolida bir rossiyalik, ukrainalik aka-uka va bir Indoneziya fuqarosi giyohvand moddalar ishlab chiqarish va tarqatish bilan shugʻullangani uchun qoʻlga olindi. Tergov maʻʻlumotlariga koʻra, yigitlar aniq belgilangan vazifalarni bajarishgan: ukrainaliklar giyohvand moddalarni ishlab chiqarish bilan shugʻullangan, Rossiya fuqarosi tarqatish uchun javobgar, indoneziyalik esa vositachilik qilgan. Ularning barchasi qatl etilishi mumkin.
-
Isroil 1948 yilda tarixiy Falastin yerlarida mustaqillik eʻʻlon qilganidan buyon oʻtgan 76 yil ichida 134 mingdan ortiq falastinliklarni oʻldirdi, 1967 yildan buyon 1 milliondan ortiq kishini hibsga oldi.
-
AQSh hukumatining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Oq uydagi maʻʻmuriyat Gʻazoda Isroil tomonidan genotsidga yoʻl qoʻyilgani dalillarini koʻrmayotganini maʻʻlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar HAMASning magʻlub boʻlishini koʻrishni istaydi. Vashington rasmiysi, shuningdek, urush girdobida qolgan falastinliklar oʻta ogʻir sharoitda yashayotgani va Isroilning Rafahdagi yirik harbiy amaliyoti xato boʻlganini taʻʻkidlagan.