15.05.2024 14:20

"Tolibon" delegatsiyasi dron hujumi tufayli parvozga kechikdi

"Tolibon" delegatsiyasi dron hujumi tufayli parvozga kechikdi

“Tolibon” delegatsiyasi Qozondagi “Rossiya – islom olami: Kaznforum” xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun Moskvadan Tataristonga parvoz qilish kerak edi. Biroq ertalab uyushtirilgan dron hujumi tufayli delegatsiya tashrifi kechikdi. 


Afgʻoniston Islom Amirligi rasmiylari boʻlgan samolyot Moskvadan Qozonga mahalliy vaqt bilan soat 08.45 da parvoz qilishi kerak edi, biroq uchuvchisiz uchoqlar hujumi tufayli kechikmoqda.

Afgʻoniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy boshchiligidagi «Tolibon» delegatsiyasi “Rossiya – Islom olami: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etadi. Dasturi 12 xil yoʻnalishda 125 tematik sessiyani oʻz ichiga olgan forum seshanba kuni Qozon shahrida boshlandi va 19 maygacha davom etadi.

«Baza» Telegram-kanalining xabar berishicha, avvalroq Tataristonning Verxneuslonskiy tumanida ukrain uchuvchisiz uchoqlari urib tushirilgan. Mudofaa vazirligining maʻʻlum qilishicha, dron bugun soat 7:30 da urib tushirilgan. Bir yarim soatdan koʻproq vaqt davomida Qozon va Nijnekamsk osmoni havo hujumi xavfi tufayli yopildi.

Mavzuga aloqador