Eron Isroilga 500 ga yaqin ballistik raketalar bilan hujum qildi
Bugun, 1 oktyabrʻ kuni Eron Isroilga 500 ga yaqin ballistik raketalar bilan hujum qildi. Bu haqda Isroil nashrlari xabar berdi.
Qayd etilishicha, raketalarning bir qismi “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimini yorib oʻtgan. Vayronagarchiliklar koʻlami haqida hozircha aniq maʻʻlumot yoʻq.
Butun mamlakat boʻylab havo hujumi haqida ogohlantirish signali chalingan. Isroil aholisiga zudlik bilan boshpanalarga joylashish buyurilgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden amerikalik harbiylarga Eron hujumlaridan himoyalanish uchun sionistlarni qoʻllab-quvvatlashni buyurgani haqida maʻʻlumotlar bor.
Avvalroq, Oq uy vakili Eron yaqin orada Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishga tayyorlanayotgani haqida xabar qilgandi.