Termiz erkin savdo zonasida 15 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
«Termiz xalqaro savdo markazi»
erkin savdo zonasida vizasiz rejim joriy etiladi. Shuningdek, Afgʻoniston
va Pokiston fuqarolariga hudud ichida doʻkon va binolar sotib olishga
ruxsat berildi. Savdoda soʻm bilan birga dollar, rublʻ, evro va yuanʻ valyutalarini
qabul qilishga ruxsat beriladi.
Shavkat
Mirziyoev «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi rivojlantirish boʻyicha
yangi chora-tadbirlarni tasdiqladi. Farmon Lex.uz'da eʻʻlon qilindi.
Farmon bilan markaz hududida
faoliyat yurituvchi Oʻzbekistonda roʻyxatga olingan tadbirkorlik subʻʻektlariga
Afgʻoniston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan
shaxslarni mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnoma olmasdan
mehnat shartnomalari asosida ishga qabul qilishga ruxsat beriladi.
Afgʻoniston va Pokiston
fuqarolariga savdo doʻkonlari, xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish uchun
moʻljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, shuningdek, istisno
tariqasida, mulk huquqi bilan sotib olish huquqi beriladi. Bunda
er uchastkasiga boʻlgan huquq qonunchilikda belgilangan tartibda ijara huquqi
asosida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Shu bilan birga, ulgurji
va chakana savdoda toʻlov vositasi sifatida, istisno tariqasida, oʻzbek soʻmi bilan bir vaqtda AQSh
dollari, Rossiya rubli, evro, yuanʻ valyutalarini qabul qilishga ruxsat beriladi.
Bunda qabul qilingan naqd xorijiy valyuta Markazda tashkil etilgan tijorat
banklari filiallari orqali Markazda faoliyat yuritadigan yuridik shaxslarning
hisobvaraqlariga oʻtkaziladi;
Markaz hududida tashkil etiladigan
zamonaviy tibbiyot klinikasida Afgʻoniston fuqarolariga tibbiy xizmatlar
koʻrsatiladi hamda ushbu klinikada davolash imkoni boʻlmagan ogʻir turdagi
kasalliklarga chalingan bemorlarga respublika hududida joylashgan davlat
va nodavlat tibbiyot muassasalarida davolanish uchun tibbiy kirish vizalari
olish uchun yoʻllanma beriladi.
Oʻzbekiston fuqarolari, chet
el fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar markaz hududiga
shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida nazorat-oʻtkazish punktlarida belgilangan
tartibda tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng kiritiladi hamda ularga markaz hududida
tashkil etilgan barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning
Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, chegara
va bojxona nazoratidan oʻtgan holda maxsus yoʻlak orqali kirishi (chiqishi)
hamda oʻn besh kun muddatgacha markaz hududida boʻlishi tartibi joriy etiladi.
Savdo doʻkonlari, xizmat koʻrsatish
va ishlab chiqarish uchun moʻljallangan bino va inshootlarni olgan,
shuningdek, shartnoma asosida ishlash, taʻʻlim muassasalarida oʻqish, bank
filiallarida faoliyat yuritish, savdo-sotiq va boshqa faoliyat turi bilan shugʻullanish
maqsadida tashrif buyurayotgan mamlakatda oʻn besh kundan ortiq muddat boʻlishni
rejalashtirgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar
Oʻzbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirgan holda kirib kelishlari talab
etiladi.
Yangi tartibga muvofiq markaz
hududida:
·
sotib olingan tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish
(Tax free) qoidalari qoʻllanmaydi; xarid qilingan tovarlar Oʻzbekiston
Respublikasi hududiga belgilangan tartibda bojxona toʻlovlari toʻlangandan soʻng
olib kiriladi. Bunda bojsiz olib kirish normalari tatbiq etilmaydi;
·
joylashgan obʻʻektlarni boshqarish, ekspluatatsiya qilish, ijaraga berish
va sotish «Termez International Trade Centre» MChJ tomonidan amalga
oshiriladi;
·
jamoat tartibini saqlash, sodir etilgan huquqbuzarliklar boʻyicha
surishtiruv va tergov tadbirlarini oʻtkazish qonunchilik hujjatlariga muvofiq
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot va moliya
vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo
vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda «Surxon sanoat taʻʻminot»
MChJning quyidagi takliflari maʻʻqullanadi:
·
Markaz hududidagi bino va inshootlarni mulkiy majmua sifatida
«Termez International Trade Centre» MChJga sotish;
·
«Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi direktsiyasi
davlat unitar korxonasini belgilangan tartibda tugatish.
Tiklanish va taraqqiyot
jamgʻarmasi, Surxondaryo viloyati hokimligi va «Termez International Trade
Centre» MChJning Surxondaryo viloyati hokimligiga Tiklanish va taraqqiyot
jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Termiz xalqaro savdo markazi obʻʻektlari
qurilishiga ajratilgan 20 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablagʻlarini
qaytarish majburiyatini «Termez International Trade Centre» MChJga oʻtkazish hamda
kreditning toʻlov muddatini 2028 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi.
Markaz hududida biznes maktabini
tashkil etish koʻzda tutilgan. Afgʻonistonning Mozori Sharif shahridan markaz
hududigacha (95 km) ekspress avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyiladi.