Ishgʻoldagi Gʻazo sektorida Falastin guruhlari Isroil armiyasiga tegishli 21 ta harbiy mashinani oʻqqa tutdi. Toʻqnashuvlar chogʻida Isroil armiyasining 14 ta tanki, toʻrtta bulʻdozeri va uchta harbiy mashinasiga zarba berilgan.


Rafahda mina portlashi oqibatida bir necha isroillik askar halok boʻlgani va yaralangani maʻʻlum qilindi.

Falastinning Hamas harakatining harbiy qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari va Islomiy jihod harakatining harbiy qanoti Al-Quds brigadalari mavzu yuzasidan yozma bayonot berdi.

Bayonotda 14 may, seshanba kuni Falastin guruhlari Gʻazo sektorining janubidagi Rafah va Jebaliya qochqinlar lagerining sharqida hamda Gʻazo shahrining Zaytun hududida Isroil armiyasi bilan shiddatli toʻqnashuvga kirishgani qayd etilgan.

Toʻqnashuvlar chogʻida Isroil armiyasining 14 ta tanki, toʻrtta bulʻdozeri va uchta harbiy mashinasiga zarba berilgan.

Bayonotda, Rafah tunneliga kiraverishda minaning portlashi oqibatida bir necha Isroil askari halok boʻlganiga urgʻu berilgan.

Bundan tashqari, Rafahdagi uy yaqinida mina portlashi oqibatida binoda boʻlgan isroillik komandolar halok boʻldi va yaralandi.

Mavzuga aloqador