Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 222 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

Bosqinchilar Burij, Rafah lagerlari, al-Zaytun va Sabra hududlariga hujum qilgan. Kun davomida 82 kishi shahid boʻldi, 234 kishi yaralandi.

 

▪ Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar va koʻchmanchilar Masjidul-Aqsoga bostirib kirishdi. Quddus, Qalqilya va Tulkarmga hujum qilindi, oʻnlab falastinliklar, jumladan, 15 yoshli ikki bola hibsga olindi.

 

▪ Agressiyaning 8-oyiga qaramay qarshilik jangchilari Gʻazo shimolida, Jabaliya, Gʻazo markazida, OKKdan al-Zaytin hududida bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqdalar. Kechasi Al-Quds brigadalari Jabaliyadagi bosqinchilarning piyoda askarlarini yoʻq qildi va yarador qildi.

 

▪ New York Times: Gʻazo sektoridagi maktab va universitetlarning 80% vayron boʻlgan.

 

Irlandiya Prezidenti: Inson huquqlarini qoʻllab-quvvatlovchi har bir inson Gʻazoga gumanitar yordam koʻtarilayotgan karvonlarga qilingan hujumlardan dahshatga tushadi. Gʻazo aholisi ochlikdan qiynalayotgan bir paytda.

 

The Guardian: Bayden Gʻazodagi ocharchilikni uyushtirishda ishtirok etadi.

 

Associated Press: Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xon BMT Xavfsizlik Kengashida ishgʻolchi amaldorlarga nisbatan shoshilinch choralar koʻrish talabiga duch keldi.

 

Qatar: Agar Isroil urushni toʻxtatsa, biz bir necha kun ichida kelishuvga erisha olamiz.

 

Mavzuga aloqador