Islomda Oliy Haqiqat, bu – Allohdir (al-Haqq). U Yaratguvchidir va Uning ijodi Uning muqaddas sifatlarining namoyon boʻlishi demak. Yaratish (ijod) shuningdek, dunyoni idrok etishni osonlashtiradigan va oʻz navbatida, Yaratganni tushunishga va qadrlashga olib keladigan ishoratlar (oyatlar) toʻplamidir. Bundan kelib chiqadiki, ilm haqiqat bilan chambarchas bogʻliq. Bu ekzistentsial voqelikning istalgan darajasidagi narsalarning, ular xoh muhim boʻlsin, xoh ahamiyatsiz, haqiqiy va asl holatini bilish demak. Muhimi narsalarning miqdoriy oʻlchamlari emas, balki haqiqatdir. Aslida, ilm va haqiqat bir tanganing ikki yuzidir.