27.05.2024 12:10
Papua-Yangi Gvineyada kuchli koʻchki natijasida 2 mingdan ortiq kishi halok boʻldi
Tinch okeani janubidagi Papua-Yangi Gvineyada sodir boʻlgan koʻchki oqibatida qurbon boʻlganlar soni 2 ming nafardan oshdi. Tabiiy ofat natijasida 150 ga yaqin uy tuproq ostida qoldi. Mintaqada qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
23 may kuni Papua-Yangi Gvineya poytaxti Port-Morsbidan 600 km shimoli-gʻarbda joylashgan Enga provintsiyasidagi Kaokalam qishlogʻida koʻchki sodir boʻldi. U yirik oltin koni joylashgan Porgera shahriga kirish yoʻlini ham toʻsib qoʻygan.
Keyinchalik, 26 may kuni Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) Papua-Yangi Gvineyadagi koʻchki natijasida 670 dan ortiq odam halok boʻlgani haqida xabar berdi. XMTning mintaqadagi missiyasi rahbari Serxan Aktoprakning soʻzlariga koʻra, qurbonlar soni qayta koʻrib chiqilgan Yambali qishlogʻi va Enga provintsiyasi rasmiylarining koʻchki natijasida 150 dan ortiq uyni suv ostida qolgani haqidagi hisob-kitoblariga asoslanadi.
Rasmiylar mintaqada qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini maʻʻlum qildi, qutqaruvchilar 6-8 metr chuqurlikda omon qolganlarni topishga umid qilmoqda.