27.05.2024 13:56

Rossiya "Tolibon"ni taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarmoqchi

Bombalanayotgan Gʻazo: 234-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 234 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.


Gʻazoning bombardimon qilinishining 234 kuni. Bosqinchi samolyotlar Rafah, Magazi, Nuseyrat, Jabaliya va Gʻazo shahrida koʻchirilganlar bilan chodirlarga hujum qildi. 24 soat ichida 190 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan beri jami 35 984 kishi shahid boʻldi.

 

Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Jenin, Ramallah va Xalilga bostirib kirishadi. Bosqinchilar 14 yoshli bolani oʻldirishdi.

 

Hamas AQSh maʻʻmuriyati va prezident Baydenni Rafahdagi qirgʻin uchun toʻliq javobgar deb hisobladi.

 

Gʻazo hukumati: Rafah qirgʻinida Isroil 907 kg bomba ishlatgan. Bu soʻnggi 24 soat ichida Isroilning BMTga aloqador qochqinlarni koʻchirish markaziga qilgan 10-hujum boʻldi.

§  Isroil Xalqaro Sud qaroriga qaramay Rafah shahriga hujumlarni davom ettirmoqda. BMTning Rafahdagi chodir lagerlarida 100 kishidan ortiq  kishi oʻldirilgan va yondirilgan. Ularning aksariyati bolalardir.

 

Irlandiya tashqi ishlar vaziri: Rafah qochqinlar lageriga qilingan hujumni qoralaymiz. Bu Xalqaro Sud qarorini buzishdir.

 

Xalqaro Amnistiya Xalqaro jinoyat sudini aprelʻ oyida Gʻazoda 44 nafar tinch aholi, jumladan 32 bola halok boʻlgan Isroilning uchta hujumini tergov qilishga chaqiradi.

 

Mavzuga aloqador