U soʻnggi bir necha yil ichida Islom diniga qiziqish bildirib, musulmonlarning hayotini oʻrganishni boshlagan. Natijada kalimai shahodatni keltirdi va Qurʻʻoni karimni toʻliq oʻqish istagini bildirdi. 

"Men tufayli shahodat keltiradigan har bir kishi menga barakadir va men bunga muhtojman. Shaharni musulmon yurtiga aylantiraylik, haqiqatga aylantiraylik, Alloh buyukdir!" - deb yozdi u Instagram sahifasiga. 

25 yoshli Kuando AQShning Jorjiya shtati Savanna shahrida tugʻilib oʻsgan. Bolaligida musiqaga qiziqish bildirgan. U oʻsmirlik davrini voyaga etmaganlar uchun qamoqxonada oʻtkazgan va oxirgi marta 2017 yil oktyabrʻ oyida ozodlikka chiqqan. 

Oʻsha paytda u toʻliq vaqtini musiqa bilan oʻtkazishga qaror qildi. 2018 yil yanvarʻ «Motivatsiya» va «Jannat» qoʻshiqlarini chiqardi. Har uchala trek uchun videokliplar Youtube’da millionlab obunachilar eʻʻtiboriga tushdi.

 U soʻnggi yillarda islom diniga qiziqishi ortib, musulmonlarning hayoti bilan tanishadi va Islom dinini qabul qilishga qaror qiladi.

Mavzuga aloqador