27.05.2024 07:18

Rossiya Federatsiyasi prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 26 may kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

 

Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya Prezidentini davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev kutib oldi.

 

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamrohligida "Yangi Oʻzbekiston" bogʻiga tashrif buyurdi va Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi.

Majmuani qisqa koʻzdan kechirish davomida oliy martabali mehmonga ushbu meʻʻmoriy ansamblʻ mazmuni va oʻziga xos jihatlari haqida maʻʻlumot berildi.

 Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 27 may kuni boʻlib oʻtadi.

 Oliy darajadagi muzokaralar davomida rahbarlar Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalarini koʻrib chiqadilar.

Sammit yakunlari boʻyicha ikki tomonlama hujjatlar toʻplami qabul qilinishi rejalashtirilgan. Prezidentlar, shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yigʻilishida ham ishtirok etadilar.

Mavzuga aloqador