Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (6-qism)
Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga
muhtoj? (6-qism)
Materializm va tabiiy ehtiyojlarni darhol qoniqtirish urf
boʻlgan zamonaviy jamiyatda axloqiy tamoyillar va ilohiy taʻʻlimotlardan kelib
chiqqan holda, hayotiy qarorlarimizni chuqur axloq va fazilat ruhida
mustahkamlashimiz tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda bizning
oldimizda turgan eng asosiy masalalar ham vahiyga ergashishning muhimligi, fiqhiy
qoidalar shunchaki eskirgan urf-anʻʻanalar emasligi, biz musulmon oʻlaroq hayotning
maqsadi va tabiati haqidagi savollardan kelib chiquvchi bugungi zamonaviy
davrning qatʻʻiy belgilangan standart va nizomlariga, ularni toʻgʻri deya amal
qilmasligimiz, birinchi navbatda yaxshi va yomon meʻʻyorlari chigʻirigʻidan oʻtkazishimiz
zarurligidir. Toledo
universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen
islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir
Anjum maqolasi.
Yagona
Xudoga topinish ilk axloqiy imperativ (buyruq) sifatida
Biz
avvalroq yoritishni boshlaganimiz tushunchaga qaytamiz. Yana bir bor taʻʻkidlaymizki,
islom targʻib qilayotgan ezgu amallar neʻʻmati bir muqarrar poydevor asosida
qurilgan boʻlib, ularsiz ezgulik tushunchasi tushunarsiz boʻlib qoladi va insonning
toʻgʻrilikka boʻlgan fitriy muhabbatiga putur etadi. Bu asos oliy Haq – Allohni
tan olish va unga boʻysunishdir. Yakuniy haqiqatga asoslanmas ekan, ezgu ishlar
shunchaki tuproq va kulga aylanadi (Ibrohim, 18).
Buni
idrok etish uchun biz Islom Yaratganga nisbatan toʻgʻri taʻʻlimot ekanini tan
olishimiz kerak. Demak, islom axloqiy hayot tarzi boʻlib, u nafaqat dunyoviy
ehtiyojlarimizni qondirish uchun Allohning roziligini, balki yaqinlashib kelayotgan
abadiy oxiratda yaxshilarni mukofotlaydigan, yomonlarni jazolaydigan yagona haqiqiy
Xudoga nisbatan mutlaq munosabatni talab qiladi. Biroq din va ibodatning axloq
bilan bogʻliqligi oʻtmishdagi va hozirgi koʻplab xalqlar zehniyatidan yoʻqolib
ketgan, shu bois ular oʻz xudolariga sigʻinib, maʻʻnaviy-ruhiy poklanishlar yoki
marosimlarni haqiqatni anglashga urinish va Xudoga hamd bildirish kabi axloqiy
sabablarga koʻra emas, balki oʻzlarining dunyoviy manfaatlarini qondirish uchun
bajaradilar. Bularga bolalarga boʻlgan qadimiy istak va yaxshi hosildan tortib,
stressni engillashtirish, xotirjamlik va muvozanat uchun zamonaviy tashvishlargacha
boʻlgan barcha ehtiyojlar kiradi. Sekulyar olimlar oʻlim qoʻrquvi, buyuk nomaʻʻlum
narsa va insoniyatning tabiatning isyonkor kuchlarini tinchlantirishga intilishi
tarix davomida dindorlikning asosiy impulʻslari (turtkilari) boʻlgani haqida
farazlar qilishdi. Haqiqatda esa bu tuygʻular Alloh taolo bu dunyoda va
qalblarimizda kamolot va abadiyatga boʻlgan dastlabki intilish shaklida jo etgan
ishora va eslatmalar, xolos. Bu istaklarga putur etishi shayton odamlarni qanday
yoʻldan ozdirishiga misoldir, xuddi bizning otamiz Odam Ato bilan boʻlgani kabi:
abadiylik va farishtalarning mukammalligi vaʻʻdasi (masalan, Toha, 120; Aʻʻrof,
20).
Qurʻʻonning
birinchi surasi Al-Fotiha bizning sajda qilish va yordam soʻrashga boʻlgan
instinktimizga yuzlanishdan avval uchta asosiy faktni aytadi: Alloh maqtovga
loyiqdir, chunki u eng mehribon (Rahmon, Rohiym), hamma narsaning
qoʻllab-quvvatlovchisi (Robb); va yakuniy axloqiy hukmning sohibi. Shundagina biz
ibodatimizni faqat Unga bagʻishlashimiz va Ungagina yordam soʻrab murojaat etishimiz
kerakligini tushunib etamiz, chunki faqat u Zot sajda qilishga va yolvorishga
loyiqdir. Toʻgʻri yoki haqiqat gʻoyasi mohiyatan axloqiy gʻoyadir. Sura toʻgʻri yoʻlga –
yana bir bor axloqiy tushunchaga yoʻl-yoʻriq soʻrash bilan yakunlanadi. Insonlar oʻlaroq
biz hifz va qulay hayotga muhtojmiz, biroq Haq taoloni rozi qilishga intilish
orqali oʻzini xavfsiz his etish instinkti bu surada ikkita bir xil asosiy axloqiy
imperativlar oʻrtasida joylashgan. Birinchisi, Yaratuvchi va Hokimning ulugʻligi va
yaxshiligini tan olish (ochiq-oydin fikrlash, haqiqat va rozilikka asoslangan holda)
ikkinchisi esa oʻsha qudratli Zotdan axloqiy toʻgʻrilik va yoʻl-yoʻriq soʻrab yolvorish.
Demak, Islom, birinchi navbatda, axloqiy haqiqat, toʻgʻri va notoʻgʻri bilan bogʻliq:
yagona haqiqiy Xudoga boʻysunish, Unga sajda qilish va Allohning tanlangan elchisiga
ergashish farz. Bugun dunyoni maʻʻno va goʻzallikdan mahrum etgan sekulyar
dunyoqarashdan farqli oʻlaroq, Islom borliq haqiqatini mavjudlik maqsadidan
ajratmaydi - bu ikki savolni birgalikda qoʻyib, musulmonlarni ularga birgalikda
javob topishga undaydi. Maqsad va hayot haqiqatini ajratish dunyoviylik mohiyatidir.
Ikkalasi ajratilgan on, muqarrar ravishda mavjudlikning axloqiy maqsadini
sekulyar manfaatlar oʻz zimmasiga oladi va boshqaradi. Boshqacha qilib aytganda, biz
oʻz xohish-istaklarimiz va fikrlarimiz asosida qanday eng yaxshi hayot tarzi
masalasini hal qilib, hayotning maqsadi va maʻʻnosi haqidagi savolni oʻz uylarimiz
va ibodatxonalarimiz doirasida cheklab qoʻyamiz. Aksincha boʻlsa, biz Yaratuvchi
hayotni maqsad bilan yaratganini va bu maqsadni amalga oshirish barcha axloq va
haqiqatlarning asosi ekanligini alvvaldan eʻʻlon qilamiz. Xoʻsh, nega Xudo Uni
inkor etganlar, Qadimgi Misr firʻʻavnlari, mustamlakachi Gʻarb va bugungi cheksiz
istibdodchi global kuchlarning, hatto baʻʻzilar Xudoning haqiqatiga taslimiyat
keltirgan boʻlsada, zulmdan aziyat chekayotgan bir paytda, er yuzida gullab-yashnashi
va hukmronlik qilishiga yoʻl qoʻyib beradi? Zamonaviylikning chinakam axloqsiz va
yovuz tabiati Birinchi jahon urushida oshkor boʻlishidan avval, baʻʻzi sodda va mavjud
inqiroz vaziyatidan mahzun boʻlgan musulmon mutafakkirlari Evropaning harbiy
ustunligini ulardagi maʻʻnaviy ustunlik bilan bogʻlashdi. Bu magʻlubona fikr
mutlaqo yolgʻondir. Qurʻʻon bunday kurashlar haqida juda koʻp oʻrinlarda zikr qilgan.
Xudoning xalqi boʻlgan isroilliklar U yuborgan risolatga rioya etolmaganlarida,
oʻzlarini iymonsiz kuchlar qoʻlida taslim qilishgan va oʻzlari uchun munosib emas deb
hisoblagan ilohiy taʻʻlimotlarni inkor etishgan (masalan boʻlmaydiganlarga,
Baqara, 85). Shak-shubha yoʻqki, Xudoning sabri biznikidan aql bovar qilmas
darajada ulugʻroq va shuning uchun ham Xudo bir-biriga nisbatan adolatsizlik va
zulm qilganlarga emas, balki Oʻziga nisbatan adolatsizlik qilganlarga sabr qiladi,
garchi birinchi toifa ikkinchisiga qaraganda ogʻirroq gunoh sodir etsa ham.
Olimlarning “Xudo adolat fazilatiga ega boʻlgan iymonsizlarga muhlat beradi,
ammo moʻmin boʻla turib, bir-biriga adolat bilan munosabatda muhlat bermaydi”,
degan mashhur jumlasining maʻʻnosi ham shu. Shuning uchun ham Allohning hidoyati
sohiblari bu dunyoda Xudo va insoniyat oldida hisobdor va masʻʻuliyatdor
ekanliklarini anglashlari va boshqalarga ham buni eslatib turishlari kerak va
Allohning risolati etib bormaganlarga, toki bu ularga etib borgunicha muhlat
berilishi mutlaqo maqsadga muvofiq ishdir. Alloh biluvchiroq.
Materializm
va tabiiy ehtiyojlarni darhol qoniqtirish urf boʻlgan zamonaviy jamiyatda axloqiy
tamoyillar va ilohiy taʻʻlimotlardan kelib chiqqan holda, hayotiy qarorlarimizni
chuqur axloq va fazilat ruhida mustahkamlashimiz tobora muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Bugungi kunda bizning oldimizda turgan eng asosiy masalalar ham
vahiyga ergashishning muhimligi, fiqhiy qoidalar shunchaki eskirgan urf-anʻʻanalar
emasligi, biz musulmon oʻlaroq hayotning maqsadi va tabiati haqidagi savollardan
kelib chiquvchi bugungi zamonaviy davrning qatʻʻiy belgilangan standart va
nizomlariga, ularni toʻgʻri deya amal qilmasligimiz, birinchi navbatda yaxshi va yomon
meʻʻyorlari chigʻirigʻidan oʻtkazishimiz zarurligidir.
Toledo
universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen
islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir
Anjum.
Davomi
bor. Avvalgi qismlarni oʻqish
Yaxshi
inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (1-qism)
Yaxshi
inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (2-qism)
Yaxshi
inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (3-qism)
Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (4-qism)