Livan janubida Hizbulloh tuzogʻiga tushgan 6 ta Isroil askari oʻldi, 60 tasi yaralandi
Hizbulloh Livan hududiga bostirib kirgan Isroil askarlariga bir qancha tuzoqlar oʻrnatib, eng kamida 6 tasini oʻldirdi, 60 ga yaqinini yaraladi.
Hizbulloh
Livan janubidagi ikki shaharda sodir boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuvlarda koʻplab
isroillik askarlar halok boʻlganini aytdi.
Bayrutda 150 dan ortiq jurnalist ishtirokida oʻtkazilgan
matbuot anjumanida Hizbulloh vakili Muhammad Afifi toʻqnashuvlar Al-Adise va
Marun ar-Ras aholi punktlarida sodir boʻlganiga aniqlik kiritdi.
Uning
soʻzlariga koʻra, Isroil harbiylar orasida qurbonlar sonini yashirmoqda.
“Al-Adise va Marun ar-Ras aholi punktlaridagi voqealar faqat
boshlanish, Hizbullohning Livan janubidagi jangovar tayyorgarligi eng yuqori
darajada”, - dedi u.
Maʻʻlumotlarga koʻra, Hizbulloh
tuzoqlariga tushishi natijasida oʻlgan Isroil harbiylari soni eng kamida 6 tani
tashkil etmoqda, 60 ga yaqini yaralangan.
Eslatib
oʻtamiz, Isroil-Livan chegarasida Isroil armiyasi va Hizbulloh oʻrtasidagi
taranglik 2023 yil 23 sentyabrdan beri davom etmoqda. Chegara hududlarini
oʻqqa tutish har ikki tomondan muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.
Livan rasmiylariga koʻra, Isroil havo hujumlarida 1328 kishi,
jumladan 100 dan ortiq
bolalar halok boʻlgan.