-
Parijdagi musulmonlar farzandlarini uyidan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan musulmon xususiy maktabida oʻqitishga majbur boʻlmoqda. Bunga Frantsiya hukumatining 2017 yildan beri kamida 5 ta musulmon maktabini yopgani va bunday maktablarga moliyaviy yordamni toʻxtatgani kabi omillar sabab boʻlmoqda.
-
Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanyaxu Gʻazo sektoridagi urushni toʻxtatishga tayyor emasligini aytdi. “Biz mahbuslarning qaytishini osonlashtirish uchun 42 kun davomida kurashni toʻxtatishimiz mumkin, ammo oʻz maqsadimizdan, toʻliq gʻalaba qozonishdan voz kechmaymiz”, — deya qoʻshimcha qildi u.
-
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Markaziy Osiyo davlatlari urushda betaraf boʻlishiga qaramasdan, "Kremldan qoʻrqqani uchun RF tomonga moyilroq" ekanini taʻʻkidladi. Bunga Qozogʻiston javob qaytardi.
-
Anglining Saffolk shahrida har yili boʻlib oʻtadigan Latitude Festival musiqa festivali ishtirokchilari tadbirga Isroilning Barclays banki homiylik qilayotgani sababli unda ishtirok etishdan bosh tortishmoqda. “Musiqa sohasidagi qimmatli asarlarimning zoʻravonlik bilan bulgʻanishiga yoʻl qoʻymayman. Shuning uchun men arizamni rasman qaytarib olaman”, - dedi SMAT taxallusi bilan tanilgan irlandiyalik qoʻshiqchi Siara Meri Elis Tompson.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 241 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Qozogʻiston Afgʻonistonni mintaqalararo aloqalarga faol jalb qilish maqsadida “Tolibon” harakatini terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi. Qozogʻiston prezidenti “zamonaviy Afgʻoniston savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning muhimligi”ni hamda toliblar rejimi “uzoq muddatli omil” ekanini taʻʻkidladi.
-
2018 yildan beri Tojikistonga Suriya va Iroqdan 300 dan ortiq ayol va bolalar qaytarildi.
-
Suriya Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, Isroilning Halab chekkasiga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 17 kishi halok boʻlgan. Otishma dushanbaga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. Dushman janubi-sharqdan "baʻʻzi nishonlarga" zarbalar berdi. Moddiy zarar etkazilgan.
-
Qatar Airways aviakompaniyasi 2 iyundan Doxa – Toshkent yoʻnalishida doimiy parvozlarni yoʻlga qoʻydi. Qatnovlar haftasiga toʻrt marta – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus 320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Kelgusida parvozlar chastotasini oshirish hamda Samarqand va Buxoroga ham reyslarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.
-
Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod oliy hukumat lavozimiga yana oʻz nomzodini qoʻyishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Islom Respublikasi davlat televideniesi. Avvalroq, boʻlajak saylovlarda nomzodlardan biri ayol kishi boʻlishi maʻʻlum boʻlgan edi.