03.06.2024 11:51
804
Tojikiston sobiq terrorchilarni reintegratsiya qilish dasturini ishlab chiqmoqda
Tojikiston hukumati sobiq terrorchilarni jamiyatga qaytarish dasturi ustida ishlamoqda. Prezident Rahmon boshchiligidagi hukumat majlisida “2024-2028 yillarga moʻljallangan Tojikiston Respublikasida ekstremistik yoki terrorizmga mansub shaxslarni reabilitatsiya qilish va reintegratsiya qilish dasturi toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi muhokama qilindi.
2018 yildan keyin Tojikiston hukumati Suriya va Iroqdan 4 yildan 10 yilgacha IShID nazorati ostidagi hududlarda yashagan 300 dan ortiq ayol va bolani Tojikistonga qaytardi. Mutaxassislarning ishonchi komilki, ularning barchasi ijtimoiy va psixologik reabilitatsiyadan oʻtishi kerak. Kelajakdagi dastur tafsilotlari hali eʻʻlon qilinmagan. Qaror loyihasi 31 may kuni muhokama qilindi.