04.06.2024 10:13
Reuters: Parijda musulmon ota-onalar farzandlarini 200 km uzoqlikdagi maktabga berishga majbur
Parijdagi musulmonlar farzandlarini uyidan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan musulmon xususiy maktabida oʻqitishga majbur boʻlmoqda. Bunga Frantsiya hukumatining 2017 yildan beri kamida 5 ta musulmon maktabini yopgani va bunday maktablarga moliyaviy yordamni toʻxtatgani kabi omillar sabab boʻlmoqda.
Parijdagi musulmonlar farzandlarini uyidan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan musulmon xususiy maktabida oʻqitishga majbur boʻlmoqda. Reuters agentligi maʻʻlumotlariga koʻra, Emmanuelʻ Makron hukumat tepasiga kelgan 2017 yildan buyon milliy hukumatning mahalliy boʻlimlari tomonidan mamlakatda eng kamida beshta musulmon maktabi yopilgan. Shu bilan birgalikda, musulmon maktablarini davlat tomonidan moliyalashtirish masalasida ham jiddiy muammolar mavjud. Makrongacha boʻlgan davrda toʻqqizta maktab davlat yordamini olib kelgan boʻlsa, 2017 yildan beri faqatgina bitta musulmon maktabiga mablagʻ ajratilgan.
Oʻtgan yilning dekabrida esa Frantsiyada akademik koʻrsatkichlar boʻyicha yuqori natijaga ega Lill shahridagi Averroes maktabiga ham vaʻʻda qilingan 2 million evrolik yordam toʻxtatildi.
Reuters oʻrganishlar davomida 10 dan ortiq musulmon maktablarining oʻndan ortiq amaldagi va sobiq direktorlari hamda oʻqituvchilari bilan suhbatlashgan, ular muassasalar hujumga uchragani, jumladan, soxta asoslar boʻyicha tanbeh va kamsitilish ularning davlat tizimiga yanada yaqinroq integratsiyalashuviga toʻsqinlik qilayotganini aytishgan.
Frantsiya diniy maktablarini oʻrganuvchi hamda katolik va yahudiy maktablariga nisbatan yumshoqroq munosabatda boʻlishini taʻʻkidlagan amerikalik antropolog Kerol Ferrera: "Bu haqiqatan ham ikki tomonlama standart: kim maʻʻlum bir tarzda dunyoviy respublika qadriyatlariga mos kelishi kerak, kim yoʻq", - dedi.
Frantsiya OAVlarining xabar berishicha, Parijdagi taniqli katolik maktabi Stanislas inspektorlar oʻtgan yili jinsiy aloqa yoki gomofobiya gʻoyalari hamda majburiy diniy darslarni oʻrganish muammolarini aniqlaganiga qaramay, moliyalashtirishni saqlab qolgan.
Inson huquqlari va musulmon guruhlarining taʻʻkidlashicha, hukumat musulmon maktablarini nishonga olib, musulmonlarning oʻz shaxsini ifoda etishini qiyinlashtirib, diniy erkinlikka tajovuz qilmoqda.
Reuters agentligi suhbatlashgan toʻrt nafar ota-ona va uch nafar oʻqituvchi kampaniya musulmonlarni yashab turgan joyidan uzoqlashtirganidan norozi ekanini aytdi.
Averroesga qatnaydigan uch qizning otasi 42 yoshli Tomas Misita ham gʻazabda.
“Men oʻzimni haqoratlangandek his qilyapman, - dedi Misita. - Men oʻzimni 100% frantsuz deb bilaman va endi boʻshliq paydo boʻldi".
“Jismoniy shaxslardan 1 million evroga yaqin xayriya yigʻilganiga qaramay, kelgusi yil uchun roʻyxatga olish 800 nafardan 500 ga yaqin oʻquvchiga kamaydi, - dedi maktab direktori Erik Dyufur.
Uning aytishicha, maktab qarorni bekor qilish uchun qonuniy kurash olib bormoqda. Maktab davlatga moliyalash shartlariga rioya qilish va frantsuz qadriyatlarini hurmat qilishiga "barcha kafolatlar" bergan.
"Biz Frantsiyadagi eng koʻp tekshiriladigan maktabmiz", - dedi u.