03.06.2024 15:30
Angliyadagi musiqa festivali ijrochilari sionist homiy tufayli qatnashishdan bosh tortmoqda
Anglining Saffolk shahrida har yili boʻlib oʻtadigan Latitude Festival musiqa festivali ishtirokchilari tadbirga Isroilning Barclays banki homiylik qilayotgani sababli unda ishtirok etishdan bosh tortishmoqda. “Musiqa sohasidagi qimmatli asarlarimning zoʻravonlik bilan bulgʻanishiga yoʻl qoʻymayman. Shuning uchun men arizamni rasman qaytarib olaman”, - dedi SMAT taxallusi bilan tanilgan irlandiyalik qoʻshiqchi Siara Meri Elis Tompson.
SMAT taxallusi bilan tanilgan irlandiyalik qoʻshiqchi Siara Meri Elis Tompson Angliyaning Saffolk shahrida boʻlib oʻtadigan Latitude Festival musiqa festivaliga Isroilning Barclays banki homiylik qilayotgani sababli ishtirok etish toʻgʻrisidagi arizasini qaytarib oldi.
Uning bunday qarorga kelishiga Isroilning Barclays harbiy sanoat banki festival bosh homiysi ekani sabab boʻldi, deb yozadi The Independent.
“Musiqa sohasidagi qimmatli asarlarimning zoʻravonlik bilan bulgʻanishiga yoʻl qoʻymayman. Shuning uchun men arizamni rasman qaytarib olaman”, dedi u. Uning harakati ijrochilar tomonidan amalga oshirilgan VVV (Bands Boycott Barclays – guruhlarning Barclays`ga boykoti) flesh-mobining bir qismiga aylandi.
Siara Meri Elis Tompson bilan birga Jorjiya Rut ham ishtirok etishdan bosh tortdi. Muxlislarga murojaat qilar ekan, oʻzining bu harakatida bosh homiysi, isroillik Beyli Gifford oʻrniga kraudfanding orqali mablagʻ yigʻish yoʻlini tanlagan Hay kitob festivalidan ilhomlanganini aytdi.