Qozogʻiston “Tolibon” harakatini terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi
Qozogʻiston Afgʻonistonni mintaqalararo aloqalarga faol jalb qilish maqsadida “Tolibon” harakatini terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi. Qozogʻiston prezidenti “zamonaviy Afgʻoniston savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning muhimligi”ni hamda toliblar rejimi “uzoq muddatli omil” ekanini taʻʻkidladi.
Qozogʻiston
Afgʻonistonni mintaqalararo aloqalarga faol jalb qilish maqsadida “Tolibon” harakatini
terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi. Bu haqda dushanba kuni mamlakat
prezidenti Qosim-Jomart Toqaev KXShTga aʻʻzo davlatlar parlament palatalari
spikerlari bilan uchrashuvda maʻʻlum qildi.
“Qozogʻiston
zamonaviy Afgʻoniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi
va bu rejim uzoq muddatli omil ekanligini anglagan holda “Tolibon” rejimini terrorchilar
roʻyxatidan chiqardi”, — dedi Toqaev.
Qozogʻiston
rahbari KXShT davlatlarini Olmaota shahrida BMTning Markaziy Osiyo va Afgʻoniston
uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha mintaqaviy markazini yaratish boʻyicha tashabbusini
qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.
Avvalroq, fevralʻ oyida Qosim-Jomart Toqaev Afgʻonistondagi
gumanitar va iqtisodiy tanazzulning oldini olish maqsadini eʻʻlon qilgan edi:
“Bu davlat bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga
qaratilgan saʻʻy-harakatlar doirasida Qozogʻiston «Tolibon»ni terrorchi
tashkilotlar roʻyxatidan chiqarib tashladi. Oʻylaymizki, bu qadam Olmaotada BMTning
Markaziy Osiyo va Afgʻoniston boʻyicha Mintaqaviy rivojlanish maqsadlari boʻyicha
mintaqaviy markazini tashkil etish boʻyicha saʻʻy-harakatlarimiz bilan birga ushbu
mamlakatning global hamjamiyatga yanada integratsiyalashuviga yordam beradi”.
Avvalroq Rossiya ham “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish
rejasini maʻʻlum
qilgan edi.