-
Xitoy uygʻurlar va boshqa turkiy xalqlar istiqomat qiladigan aholi punktlari nomlarini hukumat tashviqotini aks ettiruvchi nomlarga oʻzgartirmoqda. Huquq himoyachilariga koʻra, shu vaqtga qadar turkiy yoki islomga aloqador boʻlgan 630 ta qishloq nomi oʻzgartirilgan.
-
AQSh prezidenti Jo Bayden amerikaliklar bilan turmush qurgan muhojirlarga fuqarolik berish jarayonini osonlashtiruvchi yangi qoidalarni eʻʻlon qildi. Unga koʻra, ariza berish jarayoni doirasida mamlakatni tark etish talabi bekor qilinadi. Ushbu engillik ortidan kamida 500 ming muhojir AQSh fuqaroligini olishi kutilmoqda.
-
Qozogʻiston TIV vakili Oybek Smadiyarovning maʻʻlum qilishicha, qoʻshni davlat xalqaro tadbirlar jadvali tigʻizligi sabab Shveytsariyada boʻlib oʻtgan tinchlik sammitida ishtirok etolmagan. U rasmiy Ostonaning yakuniy deklaratsiyaga qoʻshilish imkoniyatlari haqidagi savolga javob bera turib, "sammitda ishtirok etmagani uchun, bu borada hech nima deya olmasligi"ni qoʻshimcha qilgan. Maʻʻlumot uchun, Shveytsariyaning Byurgenstok shahrida boʻlib oʻtgan sammitda 90 dan ortiq davlat va toʻrtta tashkilot vakillari ishtirok etdi. Kommyunikeni 92 davlatdan 80 tasi imzoladi. Sammitda Xitoy va Rossiya vakillari ham qatnashmadi.
-
Iordaniya TIV Haj safari chogʻida “14 nafar mamlakat fuqarosi halok boʻlib, yana 17 nafari bedarak yoʻqolgani”ni maʻʻlum qildi. Ularning oʻlimi gʻayritabiiy jazirama va suvsizlanish oqibatida yuz bergani aytilmoqda. Maʻʻlumot uchun, bu yilgi haj uchun kutilayotgan iqlim Makka va Madinadagi oʻrtacha harorat meʻʻyoridan 1,5-2 darajaga [Tselʻsiy boʻyicha] balandroq boʻlishi prognoz qilingan edi. Saudiya Sogʻliqni saqlash vazirligi havo harorati keskin koʻtarilishi sabab ziyoratchilardan soat 11:00 dan 15:00 gacha ochiq havoda boʻlmaslikni soʻragan.
-
Oʻtgan hafta AQSh Gʻazoda davom etayotgan genotsid fonida Isroil va arab generallari bilan yashirin uchrashgani maʻʻlum boʻldi. Unda Iordaniya, Misr, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA generallari, shuningdek, AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) qoʻmondoni Maykl Kurilla hamda bosqinchi davlat shtab boshligʻi Gertsi Xalevi ishtirok etgan. Arab davlatlari razvedka maʻʻlumotlarini almashish hamda Isroilga qarata otilgan raketa va dronlarni urib tushirish vazifasini olgan.
-
Oʻtgan hafta kuchli oʻqqa tutilgan Isroil armiyasi matbuot kotibi Danielʻ Hagari Isroil Hizbullohga qarshi quruqlikdan hujum boshlashi mumkinligini aytib chiqdi. Uning iddaosicha, qarshilik harakatining kuchayib borayotgan hujumi sionistlarni shunga "majbur qilyapti". Maʻʻlumot uchun, oldinroq ishgʻolchi davlat Livan guruhi qoʻmondonlaridan biri Tolib Abdullohni oʻldirgandi. Qarshilik harakati bunga javoban bosqinchilarga qarata 200 dan ortiq raketa uchirdi.
-
Rossiya Qozogʻistonda rus maktablarini qurish boʻyicha kelishuvga erishdi. RF Davlat dumasi raisining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Jukovga koʻra, mamlakatda uchta maktab qurilishi boʻyicha loyiha tasdiqlangan. Maʻʻlumot uchun, joriy yilning fevralida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga qilgan murojaatida xorijda rus tilini targʻib qilishni kuchaytirishni buyurgandi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 256 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu HAMAS qarshilik harakatining sionistlarga hujumidan soʻng tuzilgan harbiy vazirlar mahkamasini tarqatib yubordi. Tegishli qaror Isroil sobiq mudofaa vaziri Benni Gants harbiy vazirlar mahkamasidan isteʻʻfoga chiqishini eʻʻlon qilganidan keyin qabul qilingan. Uning ortidan Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi sobiq boshligʻi Gadi Ayzenkot ham harbiylar kabinetini tark etgan.
-
Germaniya hukumati qochqin maqomini olish huquqiga ega boʻlmagan afgʻonlarni Tolibon bilan toʻgʻridan toʻgʻri kelishuvlarsiz ortga qaytarmoqchi. "Spiegel" jurnalining yozishicha, afgʻonlar Toshkentdan Kam Air xususiy aviakompaniyasi orqali Kobulga etkazilishi mumkin. Maʻʻlumot uchun, Germaniyada boshpana olish huquqiga ega boʻlmagan muhojirlarni chiqarib yuborish masalasi afgʻon fuqarosi Mangeymda Islomni tanqid qiluvchi tashkilot mitingiga hujum qilganidan keyin yana kun tartibiga qaytgan edi.