-
Eron Isroilning ishgʻol ostidagi Golan tepaliklariga uyushtirilgan hujumda Hizbullohni ayblayotganini "oʻylab topilgan stsenariy" deb atadi. Majdal-Shams shahridagi stadionga uyushtirilgan raketa hujumida eng kamida 12 kishi – asosan bolalar halok boʻldi. Hizbulloh ushbu hujumga aloqadorligini "qatʻʻiy ravishda rad etib", hodisaga Isroilning "Temir gumbaz" tizimidagi nosozlik sabab boʻlganini bildirdi.
-
Gʻarb shunday pallaga keldiki, endi ortga yoʻl yoʻq. U boshi berk koʻchaning oxiriga yaqinlashib qoldi. Juda koʻp olimlar tomonidan yuz yillardan beri bot-bot gapirilib kelinayotgan voqeliklar bugunimizda nafaqat gʻarbda, balki unga intilayotgan barcha oʻlkalarda oʻzining real oqibatlari bilan koʻz oldimizda namoyon boʻlib turibdi. Axloqiy chirkinlik va jamiyatning barcha ishlarida, odamlarning istalgan faoliyatida bepardalik kabi fojiali illatni endi sunʻʻiy pardalar ila koʻzdan yashirib boʻlmay qoldi.
-
Turkiya va Suriya maxfiy xizmatlari vakillari ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish hamda prezidentlar Rajab Toyyib Erdoʻgʻon va Bashar Asadning 2011 yildan beri ilk uchrashuvini tashkil etish boʻyicha soʻnggi bir oy ichida uch marta muzokaralar oʻtkazdi. "Voqealar jadal rivojlanmoqda, har ikki etakchi eng kechi avgust oxirida birgalikda suratga tushishadi", deyiladi xabarda.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 295 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Evropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan 200 mlrd evrolik aktivlaridan tushgan foydadan birinchi 1,5 milliard evroni ajratdi. Kreml munosib javob qaytarishga vaʻʻda berdi.
-
Shri-Lanka hukumati pandemiya davrida JSST islomiy dafn etish xavfsiz ekani haqidagi koʻrsatmalariga qaramasdan, COVID-19 qurbonlari majburiy kuydirilgani uchun musulmon ozchilikdan rasman kechirim soʻradi. Mamlakat musulmonlari kengashi ushbu qaror ortida turgan ikki akademik – Mettika Vithanage va Channa Jayasumanaga qarshi qonuniy choralar koʻrish va tovon pulini undirish choralari koʻrilishini maʻʻlum qildi.
-
Qozogʻiston MDH davlatlari ichida Armaniston va Ozarbayjondan soʻng uichinchi boʻlib eng kam ish haqini xalqaro konventsiya asosida belgilashni rejalashtirilmoqda.
-
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024 yil 27 oktyabrda oʻtkaziladi. Markaziy saylov komissiyasi saylov kompaniyasi 2024 yil 26 iyulidan boshlanishini eʻʻlon qildi.
-
Markaziy Osiyoda banklar Rossiya kompaniyalariga rad javobini bermoqda. Markaziy Osiyo banklari tomonidan Rossiya kompaniyalariga toʻlovlarni amalga oshirishdan bosh tortish holatlari 30 foizgacha oshgan. Shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston bilan toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari ikki haftaga uzaygan. Muammolar iyunʻ oyida Moskva birjasi va boshqa rus kompaniyalariga nisbatan AQSh sanktsiyalari joriy etilganidan keyin boshlangan.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 294 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.