27.07.2024 13:28
686
Bombalanayotgan Gʻazo: 295-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 295 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Gʻazo markazi, Rafah va Xon Yunisga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 39175 kishi shahid boʻldi.
▪️Bosqinchilar ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohil boʻylab reydlar va hibsga olishlar oʻtkazmoqda. Jenin va Nablusda qarshilik jangchilari bosqinchilargahujum uyushtirdi.
▪️Al-Qassam brigadalari Tal al-Hava hududida 3 ta Merkava tanki va ishgʻol piyodalari otryadini portlatib yubordi.
▪️Gʻazoda koʻngilli boʻlib ishlagan amerikalik shifokorlar: qurbonlar soni 92 000 kishidan oshishi mumkin.
▪️BMT: 4 kun ichida 182 mingga yaqin odam Xon Yunisni tark etishga majbur boʻldi. Sharqiy Xon-Yunisning yuzlab aholisi oziq-ovqat va suvsiz qolgan.
▪️Erdogʻan: Kongressda genotsidni sodir etgan "davr Gitleri"ni ulugʻlab olqishlaganlar uyat his qilmadilar. Biz ruhiy atrofiyaga duch kelganmiz.
▪️Ommaviy ishgʻol: Isroilning Livan chegarasi yaqinidagi Matla shahri arvoh shaharchaga aylandi, bu shaharda atigi 15 kishi qolgan.