Qozogʻiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Rivojlanayotgan mamlakatlarga alohida eʻʻtibor qaratgan holda eng kam ish haqini belgilash toʻgʻrisida”gi Konventsiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi va uni tez orada Majlisga taqdim etishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi Zakon.kz.

Konventsiyaning maqsadi barcha ishchi guruhlari uchun eng kam ish haqini belgilashdan iborat boʻlib, iqtisodiyotning butun tarmoqlari va ishchilar toifalarini qamrab oladi.

Mehnat vazirligining tushuntirishicha, XMTning 1998 yilgi deklaratsiyasiga koʻra, barcha aʻʻzo davlatlar asosiy mehnat huquqlarini hurmat qilishlari shart. 131-Konventsiya 1970 yil 3 iyunda qabul qilingan va 54 davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. MDH davlatlari orasida allaqachon Armaniston va Ozarbayjon ratifikatsiya qilgan.

“Konventsiyani ratifikatsiya qilish eng kam ish haqini belgilash boʻyicha xalqaro standartlarning kelgusida joriy etilishini taʻʻminlab, Qozogʻistonning ushbu sohadagi xalqaro standartlarga rioya qilish va joriy etish majburiyatini tasdiqlaydi”,
  - deyiladi xabarda.

Mavzuga aloqador