RBK maʻʻlumotlariga koʻra, iyulʻ oyida Markaziy Osiyo banklari tomonidan Rossiya kompaniyalariga toʻlovlarni amalga oshirishdan bosh tortish holatlari 30 foizgacha oshgan. Bu haqda PEK, Digital VED, GTL va Logita Trade transport kompaniyalari tomonidan tayyorlangan sharhda soʻz boradi.

Shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston bilan toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari ikki haftaga uzaygani xabar qilingan.

PEK moliyaviy direktori Roman Romashevskiyning fikricha, muammolar ushbu mamlakatlarda bank qonunchiligiga rioya qilish kuchaygani bilan bogʻliq. Banklar kompaniya, uning taʻʻsischilari, mijozlari, mablagʻlar manbalari va tranzaktsiya tafsilotlari toʻgʻrisidagi maʻʻlumotlarga nisbatan koʻproq qoʻshimcha hujjatlar va tushuntirishlarni talab qilmoqda.

“Koʻpincha toʻlovlar kechiktiriladi yoki tushuntirishsiz qaytariladi. Xizmat koʻrsatuvchi Rossiya banki ularni bilmaydi va tushuntirib bera olmaydi, chunki muammo chet eldagi qabul qiluvchi bank tomonida paydo boʻladi", - deb taʻʻkidlaydi Romashevskiy.

Digital asoschisi Anna Fomichevaning qoʻshimcha qilishicha, eng qiyin vaziyatlar Markaziy Osiyo banklari orqali boshqa davlatlarga, jumladan, Xitoyga ham tovarlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishda yuzaga kelmoqda.

Iyunʻ oyida Qirgʻizistondagi kompaniyalar qiyinchiliklarga duch kelishgandi. Koʻpgina mahalliy banklar "texnik ish, rublʻ kursidagi oʻzgaruvchanlik va valyuta bozoridagi ehtimoliy keskin tebranishlar" tufayli toʻlovlarni toʻxtatdi. Ayrim kompaniyalar qirgʻizistonlik hamkorlar bilan shartnomalarini vaqtincha bekor qilgan. Aksariyat tranzaktsiyalar allaqachon tiklangan boʻlsa-da, toʻlovlarni amalga oshirish uchun oʻrtacha vaqt ikki haftagacha uzayishi mumkin.

Logita Trade bosh direktori Tatʻyana Alekseevaning qayd etishicha, muammolar iyunʻ oyida Moskva birjasi va boshqa rus kompaniyalariga nisbatan AQSh sanktsiyalari kiritilganidan keyin boshlangan. Bu Moskva birjasida dollar va evro savdolarining toʻxtatilishiga olib keldi.

Iyunʻ oyida AQSh sanktsiyalari kiritilgach, Qozogʻiston Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi mijozlarga Rossiya qimmatli qogʻozlarini uning nominal ixtiyoridan olib qoʻyishni tavsiya qilgandi.

Mavzuga aloqador