Oʻzbekistonda parlament saylovlari 27 oktyabrda oʻtkaziladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024 yil 27 oktyabrda oʻtkaziladi. Markaziy saylov komissiyasi saylov kompaniyasi 2024 yil 26 iyulidan boshlanishini eʻʻlon qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy
kengashlar deputatlar saylovi 2024 yil 27 oktyabrda oʻtkaziladi. Bu haqda Markaziy
saylov komissiyasi xabar qildi.
Komissiya saylov kompaniyasi 2024 yil 26 iyulidan boshlanishini
maʻʻlum qildi, kalendar reja ham
tasdiqlandi.
Bu yil
Oʻzbekistonda saylovlar birinchi marta majoritar-proportsional (aralash)
tizim asosida oʻtkaziladi. Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona
saylov okruglariga boʻlinadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari
bir mandatli saylov okruglari boʻyicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish),
qolgan 75 nafari proportsional tizim boʻyicha, yaʻʻni siyosiy partiyalarga berilgan
ovozlar asosida (partiya roʻyxati asosida) saylanadi.