26.07.2024 13:50
572

Bombalanayotgan Gʻazo: 294-kunning asosiy voqealari

Bombalanayotgan Gʻazo: 294-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 294 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Gʻazo va Xon Yunisning markazi boʻlgan Rafahga hujum qildi. 24 soat ichida 30 falastinlik halok boʻldi.

▪️2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroil armiyasining Gʻazo sektoriga hujumlari natijasida 39175 nafar falastinlik, jumladan 10798 nafar ayol va kamida 16172 nafar bola qurbon boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda uchinchi kundan beri hujumga uchragan Qalqilyada qarshilik jangchilari 3 nafar bosqinchini yaraladi. Shu soatlarda Jenin shahrida shiddatli janglar ketmoqda.

▪️Isroil armiyasi Givati brigadasining 37 yoshli zahiradagi kaprali Moti Rafi Gʻazo sektori janubidagi toʻqnashuvlar paytida halok boʻlganini maʻʻlum qildi. 2023 yil 7 oktyabrdan beri Gʻazo sektorida oʻldirilgani rasman tan olingan askarlar soni 688 taga etdi, shu jumladan, eksklavga quruqlikdan hujum boshlanganidan beri 328 ta.

▪️BMT: 10 gʻazolikdan 9 nafari majburan koʻchirilgan. Taxminan 2,3 million aholiga ega mintaqa aholisining boshqa boradigan joyi yoʻq, deya taʻʻkidladi YuNRVA.

▪️2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil qoʻshinlari tomonidan hibsga olingan falastinlik jurnalistlar soni 91 nafarga etdi, deb xabar berdi Falastin asirlari uyushmasi.

▪️HAMASning Gʻarbiy Sohildagi etakchisi va asoschilaridan biri 63 yoshli Mustafo Abu Ara Isroil qamoqxonasida vafot etdi. U 2023 yil oktyabrʻ oyida hibsga olingan va qiynoqqa solingan.

▪️Al-Qassam brigadalari Xon Yunis, Rafah va Nitsarim oʻqida bosqinchilarga hujum qildi. Ishgʻol uskunalari yoʻq qilindi.

▪️Iroq gʻarbidagi Anbardagi Amerikaning Ayn al-Asad aviabazasiga raketa zarbasi berildi.

Mavzuga aloqador