-
Bangladeshda professor-oʻqituvchilar va televidenie xodimlari mustaqillik kurashchilari yaqinlariga davlat xizmatiga kvotalar ajratishga qarshi norozilik namoyishiga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar ozod qilinishini soʻrab namoyishga chiqishdi. Oʻtgan oy yuzlab qurbon berigan norozilik namoyishlarida kamida 11 ming kishi hibsga olingan.
-
11 sentyabrʻ teraktlarining asosiy tashkilotchisi sifatida ayblangan Xolid Shayx Muhammad oʻz aybini tan olishga rozi boʻldi. Muhammad va uning ikki sherigi Valid bin Attash va Mustafo Al-Havsaviy kelasi haftaning boshida oʻz ayblarini Kubadagi Guantanamo qamoqxonasida harbiy komissiyaga taqdim etishi kutilmoqda.
-
Isroil armiyasi 13 iyulʻ kuni Gʻazo sektoridagi xavfsizlik zonasiga uyushtirilgan hujum natijasida Falastinning HAMAS harakatining harbiy qanoti Izziddin al-Qassam brigadasi etakchisi Muhammad ad-Dayfning oʻldirilganini eʻʻlon qildi. HAMAS ushbu xabarlarga izoh berganicha yoʻq. "Arvoh qoʻmondon" – Ad-Dayf kim?
-
Turkiya poytaxti Anqara aeroportida Rossiya va AQSh oʻrtasida mahbuslar almashinuvi boʻlib oʻtdi. Rossiya AQSh qoʻliga RF qamoqxonalarida jazo oʻtayotgan 12 mahbusni, AQSh esa Qoʻshma Shtatlar, Germaniya, Polʻsha, Sloveniya kabi davlatlar qamoqxonalaridagi 8 mahbusni Rossiyaga topshirdi.
-
Bir yildan koʻproq vaqt kutilgan F-16 qiruvchi samolyotlarining ilk partiyasi Ukrainaga etib keldi. Ushbu samolyotlar Gollandiya tomonidan vaʻʻda qilingan 24 ta F-16 qiruvchining ilk 6 tasi hisoblanadi. Yaqin orada Daniyadan ham qiruvchilar etib kelishi kutilmoqda. Tahlilchilar va rasmiylarning taʻʻkidlashicha, birgina F-16 urushda burilish nuqtasi boʻlmaydi.
-
Falastinning HAMAS harakati etakchisi Ismoil Haniyaning oʻldirilishi mintaqa uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Eron va ittifoqchilari Isroilga qarshi toʻgʻridan-toʻgʻri urushga kirishadimi - mutaxassis fikrlari.
-
AQSh, Buyuk Britaniya va Frantsiya Eron poytaxtida HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning oʻldirilishi munosabati bilan Rossiya tomonidan tayyorlangan BMT Xavfsizlik kengashi bayonoti loyihasini blokladi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 300 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Yaponiyaning Nagasaki shahri maʻʻmuriyati shaharga AQSh qoʻshinlari atom bombasini tashlaganini xotirlash marosimiga Isroilni taklif qilmadi. 9 avgust kuni ushbu sanaga 79 yil toʻladi.
-
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning oʻldirilishi munosabati bilan chorshanba kuni favqulodda yigʻilish oʻtkazadi.