01.08.2024 13:46
621

Gʻazoda urush boshlanganiga 300 kun boʻldi: kunning asosiy voqealari


Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 300 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Gʻazoning barcha hududlariga zarba berishda davom etmoqda. 24 soat ichida sektorda oilalarga qarshi 2 ta yirik hujum amalga oshirildi, natijada 35 kishi halok boʻldi, 55 kishi jarohatlandi.

▪️Urush boshlanganidan buyon 39480 kishi shahid boʻldi, 91 128 kishi jarohatlandi.

▪️Genotsidda ayblansyotgan Isroil armiyasi Gʻazo sektoridagi Al-Shati qochqinlar lagerida harakatlanayotgan mashinaga zarba berishi natijasida "Al-Jazira" muxbiri Ismoil Al-Gul va Qatar telekanali operatori Rami al-Rifi halok boʻldi. Gʻazo sektorida Isroil tomonidan oʻldirilgan ommaviy axborot vositalari xodimlari soni 165 nafarga etdi.

 ▪️Gʻarbiy Sohilda Falastin shaharlari aholisining shahid Ismoil Haniya xotirasiga bagʻishlangan keng koʻlamli namoyishlardan soʻng bosqinchilar hibsga olishni boshladi. 

 ▪️Eronda Ismoil Haniya uchun Janoza marosimi boʻlib oʻtdi, ertaga uning jasadi Qatarga dafn qilish uchun yuboriladi.

 ▪️CNN: Yaqin 72 soat ichida Eron, Yaman, Hizbulloh Isroilga qarshi keng koʻlamli hujum boshlaydi.

 ▪️Pentagon: Qoʻshma Shtatlar Yaqin Sharqda 12 ta harbiy kemani safarbar qildi.

 ▪️Turkiya, Tunis, Livan, Eron, Iroq, Iordaniya, Marokash, Mavritaniyaning oʻn minglab aholisi Ismoil Haniya oʻldirilishi ortidan mitinglarga chiqishdi.