11 sentyabrʻ voqealarining asosiy tashkilotchisi sifatida ayblangan Xolid Shayx Muhammad aybini tan olishga rozi boʻldi
11 sentyabrʻ teraktlarining asosiy tashkilotchisi sifatida ayblangan Xolid Shayx Muhammad oʻz aybini tan olishga rozi boʻldi. Muhammad va uning ikki sherigi Valid bin Attash va Mustafo Al-Havsaviy kelasi haftaning boshida oʻz ayblarini Kubadagi Guantanamo qamoqxonasida harbiy komissiyaga taqdim etishi kutilmoqda.
Mudofaa
vazirligi chorshanba kuni maʻʻlum qilishicha, 2001 yil 11 sentyabrʻ kuni Al-Qoidaning
Qoʻshma Shtatlarga qarshi hujumlarini uyushtirganlikda ayblangan Xolid Shayx Muhammad
oʻz aybini tan olishga rozi boʻldi.
Muhammad va uning ikki sherigi – Valid bin Attash va Mustafo
Al-Havsaviy kelasi haftaning boshida oʻz ayblarini Kubadagi Guantanamodagi harbiy
komissiyaga taqdim etishi kutilmoqda.
Pentagon
rasmiylari ayblov bitimlari shartlarini oshkor qilishdan bosh tortdi. AQShning bu
shaxslar bilan kelishuvi Al-Qoida hujumi uchun jinoiy ish qoʻzgʻatilganidan 16 yil, Nʻyu-Yorkdagi
Jahon savdo markazi va Pentagonga hujum sahnasi uyushtirilganidan 20 yildan ortiq
vaqt oʻtib tuzilgani gʻalati.
Mazkur
hujum prezident Jorj Bush maʻʻmuriyatining terrorga qarshi urush bahonasida AQShning
Iroq va Afgʻoniston, shuningdek, Yaqin Sharqning boshqa hududlarida qirgʻinbarot
urushlar, koʻp yillik harbiy amaliyotlarini boshlashiga sabab boʻldi.
AQShning
hujumlari ikkita davlatda hukumatning agʻdarilishi, turli jamoalarning oʻzaro
qonli janglarga kirishib ketishi va mamlakatlarning vayron boʻlishi, 2011 yilda
Yaqin Sharqdagi avtoritar hukumatlarga qarshi xalq qoʻzgʻolonlarini ilhomlantirishda
rolʻ oʻynadi.
AQSh
hukumati samolyotlardan qurol sifatida foydalanish gʻoyasining manbai sifatida
Muhammadni koʻrsatmoqda. Aytilishicha, u 2011 yilda AQSh qoʻshinlari oʻldirgan
Al-Qoida etakchisi Usama bin Ladendan 11 sentyabrʻ voqealarini amalga oshirish uchun
ruxsat olgan.
Muhammad
AQSh tomonidan 2003 yilda qoʻlga olishgan. Guantanamoga kelishidan oldin Markaziy
razvedka boshqarmasi hibsxonasida boʻlganida 183 marta turli qiynoqlar va
majburiy soʻroqlarga duchor boʻlgan.
AQShning
Guantanamo kontslageridagi tizimli qiynoqlar sud jarayonining uzoq muddatlarga
choʻzilishiga sabab boʻldi.
Amnesty
International USA huquq tashkiloti direktori Dafne Eviatar chorshanba kuni
hujumlar uchun javobgarlik haqidagi xabarni olqishlashini aytdi. U Bayden
maʻʻmuriyatini terrorizmga qarshi urush bahonasida odamlarni saqlayotgan Guantanamo
qamoqxonasini yopishga chaqirdi. Bu erda koʻpchilik mahbuslar oqlangan, ammo boshqa
mamlakatlarga borish uchun ruxsatini kutishmoqda.
Bundan
tashqari, Eviatar "Bayden maʻʻmuriyati Qoʻshma Shtatlarda majburiy yoʻqolishlar,
qiynoq va shafqatsiz muomalalar boshqa hech qachon amalga oshirilmasligini taʻʻminlash
uchun barcha zarur choralarni koʻrishi kerak", dedi.