01.08.2024 09:18

BMT Xavfsizlik Kengashi favqulodda yigʻilish oʻtkazadi

 

Favqulodda yigʻilish oʻtkazish talabi Erondan kelgan va Rossiya, Jazoir va Xitoy tomonidan qoʻllab-quvvatlangan

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning oʻldirilishi munosabati bilan favqulodda yigʻilish oʻtkazadi.

BMT Xavfsizlik Kengashi raisi Rossiya yigʻilish chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 16.00 da boʻlishini maʻʻlum qildi.

Favqulodda yigʻilish oʻtkazish talabi Erondan kelgan va Rossiya, Jazoir va Xitoy tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.

Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning oʻldirilishi ortidan BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yigʻilishini chaqirishni soʻragan.

Eslatib oʻtamiz, Haniyaning oʻldirilishidan soʻng Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashdi. CNN telekanali yaqin 72 soat ichida Eron, Yaman va Hizbulloh Isroilga qarshi keng koʻlamli hujumlarni boshlashi mumkinligini maʻʻlum qildi. Oʻz navbatida, Isroil ham toʻliq urush holatiga tayyorgarlik koʻrmoqda. AQSh Isroilga hujum qilingan taqdirda, uni himoya qilishini bildirdi.

 

Mavzuga aloqador