02.08.2024 10:33

Bangladeshda oʻqituvchi-professor va teleyulduzlar talabalarning qamoqqa olinishiga qarshi namoyishga chiqdi

Bangladeshda professor-oʻqituvchilar va televidenie xodimlari mustaqillik kurashchilari yaqinlariga davlat xizmatiga kvotalar ajratishga qarshi norozilik namoyishiga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar ozod qilinishini soʻrab namoyishga chiqishdi. Oʻtgan oy yuzlab qurbon berigan norozilik namoyishlarida kamida 11 ming kishi hibsga olingan.

Bangladesh universitetining yuzlab oʻqituvchilari va teleyulduzlari payshanba kuni Dakkada oʻtgan oy ommaviy namoyishlarni bostirish vaqtida hibsga olingan talabalar ozod etilishini talab qilib namoyish oʻtkazdi.

Talabalar iyulʻ oyi boshidan beri davlat ishlarining asosiy qismini mamlakatning 1971 yildagi ozodlik urushida qatnashganlarning avlodlariga berishni nazarda tutuvchi qoidaga qarshi chiqishmoqda.

Iyulʻ oyi oʻrtalarida mamlakat boʻylab boʻlib oʻtgan talabalar namoyishlarida xavfsizlik kuchlari bilan toʻqnashuvlar sodir boʻldi, natijada 200 dan ortiq kishi halok boʻldi, yuzlab talabalar jarohatlandi.

Oxir-oqibat, Oliy sud oʻtgan hafta davlat xizmatidagi ish oʻrinlari boʻyicha kvotani bekor qildi, biroq uning ortidan talabalar etakchilari va namoyishchilarga qarshi tazyiq oʻtkazildi, 11 mingdan ziyod kishi hibsga olindi.

Namoyishlar shu haftada ham davom etdi, talabalar Dakka va boshqa shaharlarda zoʻravonlik uchun javobgarlikni hamda hibsga olinganlar ozod etilishini talab qilib, alohida mitinglar oʻtkazgan yangi guruhlarga qoʻshildi.

"Dhaka universiteti va boshqa baʻʻzi universitetlardan 200 ga yaqin oʻqituvchilar bizga qoʻshildi... Oʻqituvchilarning bu noroziligi taʻʻqib va ​​hibsga olingan talabalar bilan birdamlik bildirishdir", - dedi Dakka universiteti sotsiologiya boʻlimi oʻqituvchisi Samina Lutfa Arab News nashriga.

Dakka oʻqituvchilarining noroziligi universitet kampusidagi 1971 yilda Bangladesh mustaqilligiga olib kelgan Pokistonga qarshi ozodlik urushida qatnashganlar xotirasiga oʻrnatilgan Aparajeyo Bangla yodgorligi oldida boʻlib oʻtdi.

Ular, shuningdek, ikki hafta oldin norozilik bildirayotgan talabalarni tozalash uchun kampusga kirgan xavfsizlik kuchlarining universitet hududini tark etmayotganiga ham qarshi chiqdilar.

“Biz Dakka universiteti kampusidan politsiyani zudlik bilan olib chiqishni talab qildik”, dedi Lutfa.

“Koʻplab boshqa universitetlarning professor-oʻqituvchilari ham bugun oʻz kampuslarida norozilik namoyishlari uyushtirishdi. Men allaqachon Rajshahi universiteti, Jahangirnagar universiteti, Shimoliy Janubiy universiteti, Mustaqil universitetdan maʻʻlumot oldim. Namoyishga davlat va xususiy universitetlarning oʻqituvchilari qoʻshildi”.

Mavzuga aloqador