01.08.2024 17:06

Birinchi F-16 qiruvchi samolyotlarini olgan Ukraina jabhada ustunlikka erishadimi?

 

Bir yildan koʻproq vaqt kutilgan F-16 qiruvchi samolyotlarining ilk partiyasi Ukrainaga etib keldi. Ushbu samolyotlar Gollandiya tomonidan vaʻʻda qilingan 24 ta F-16 qiruvchining ilk 6 tasi hisoblanadi. Yaqin orada Daniyadan ham qiruvchilar etib kelishi kutilmoqda. Tahlilchilar va rasmiylarning taʻʻkidlashicha, birgina F-16 urushda burilish nuqtasi boʻlmaydi.

 

Birinchi F-16 qiruvchilari kam sonda Ukrainaga etib keldi, deya xabar qildi Bloomberg vaziyatdan xabardor boʻlgan manbalariga tayangan holda.

Qiruvchilarning Ukrainaga etkazilishi uchun bir yildan koʻproq vaqt kerak boʻldi. Qoʻshma Shtatlar Ukraina tomoni va NATO ittifoqchilarining bir necha marta soʻrovlaridan keyin 2023 yil may oyida ularni taqdim etishga ruxsat bergandi.

Daniya jami 19 ta, Gollandiya esa 24 ta, Norvegiya 6 ta samolyot etkazib berishga vaʻʻda bergan.

Time gazetasi manbalarining aniqlik kiritishicha, hozirgacha Ukraina Qurolli kuchlari (AFU) Gollandiyadan vaʻʻda qilingan samolyotlarning oltitasini olgan, partiyaning qolgan qismi esa yaqin kelajakda Daniyadan keladi.

Ukraina Qurolli Kuchlarining uchuvchilari va quruqlikdagi xodimlari bir necha oy davomida Ukrainaning gʻarbiy hamkorlari, jumladan AQSh, Ruminiya va Niderlandiyadan tayyorgarlikdan oʻtishdi. Biroq ukrainalik uchuvchilar darhol ushbu samolyotlarni boshqarishni boshlay oladimi yoki bu vaqt talab etadimi – aniq emas.

Ukraina harbiylari 2022 yil fevralida Rossiya bilan mojaro boshlanganidan beri Sovet davridan qolgan nisbatan kichik samolyotlar parkiga tayanishga majbur boʻldi, deya qayd etadi Reuters. Ukraina rasmiylari F-16 ning qoʻshilishini havo kuchlari uchun muhim yangilanish deb hisoblamoqda.

Ayni paytda, tahlilchilar va rasmiylarning taʻʻkidlashicha, birgina F-16 urushda burilish nuqtasi boʻlmaydi, deb yozadi agentlik, chunki oltita qiruvchi toʻlaqonli samolyot oʻrnini bosa olmaydi. Bundan tashqari, qiruvchilarga quruqlikda kuchli qoʻshimcha madad, xususan, havo mudofaasi tizimlari zarur - Ukrainada hali ular etarli emas.

Mavzuga aloqador