• The Economist: Vashington uchta yadroviy mojaro roʻy berishidan qoʻrqmoqda

    Pentagon Rossiyaning NATO davlatiga hujum qilib, Amerikani Evropa himoyasiga tortishi, soʻngra Xitoy Vashingtonning chalgʻishidan foydalangan holda Tayvanga bostirib kirishi hamda shu vaqtda Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga hujum qilishi bilan bogʻliq ehtimoliy voqealar rivojini modellashtirmoqda. Shu munosabat bilan AQSh prezidenti Jo Bayden maʻʻmuriyati "oʻn yillik chuqur qisqartirishlardan" soʻng shay holatga keltirilgan yadroviy kuchlarni koʻpaytirishga tayyorgarlik koʻra boshladi.

    Davomini o'qish...
    1127
    14.08.2024 15:38
  • Bombalanayotgan Gʻazo: 313-kunning asosiy voqealari

    Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 313 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

    Davomini o'qish...
    1015
    14.08.2024 14:06
  • Turkiyaga kelgan chet elliklardan barmoq izlari olinadi

    Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya mamlakat aeroportlarida AQSh va Britaniyada boʻlgani kabi, chet elliklardan barmoq izlari olinishi rejalashtirilayotganini maʻʻlum qildi. Shuningdek, u Turkiya immigratsiya siyosatiga kiritilayotgan oʻzgarishlar, xususan, yashash guvohnomasini olishdagi kutilayotgan oʻzgarishlar haqida ham maʻʻlumot berdi.

    Davomini o'qish...
    1791
    14.08.2024 13:08
  • AQSh Isroiga 20 mlrd dollardan ziyodga qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar sotishni maʻʻqulladi

    AQSh Davlat departamenti Isroilga 19 mlrd dollarlik F-15 samolyotlari va jihozlarini, shuningdek, taxminan 774 mln dollarlik tank oʻq-dorilari va 583 mln dollarlik harbiy mashinalarni sotishni maʻʻqulladi. Boeing kompaniyasi F-15 qiruvchilarini bir necha yil davomida ishlab chiqarib, etkazib beradi. Tank oʻq-dorilari esa zudlik bilan topshiriladi.

    Davomini o'qish...
    1115
    14.08.2024 10:30
  • Putin: Rossiya doim Isroil-Falastin mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori boʻlib kelgan

    Falastin rahbari Mahmud Abbos Rossiyaga tashrif buyurib, RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Vladimir Putin uchrashuv chogʻida mintaqada uzoq muddatli, ishonchli, barqaror tinchlikni taʻʻminlash uchun BMTning barcha qarorlarini amalga oshirish va birinchi navbatda, toʻlaqonli Falastin davlatini yaratish zarurligini taʻʻkidladi. Oʻz navbatida, Mahmud Abbos Rossiya har doim qonun tarafida, haqiqat tarafida ekanligini va “Falastin xalqining eng aziz doʻstlaridan biri” ekanini aytdi.

    Davomini o'qish...
    885
    14.08.2024 09:58
  • Zelenskiy: Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatidagi 74 ta aholi manzilini nazoratga oldi

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrain qoʻshinlari Rossiyaning Kursk viloyati hududidagi operatsiyasi davom etayotgani, 6 avgustdan buyon RF hududidagi 74 ta aholi manzilini oʻz nazoratiga olganini maʻʻlum qildi. Ukrain armiyasi maʻʻlumotlariga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida Ukraina qurolli kuchlari turli yoʻnalishlarda 1 kilometrdan 3 kilometrgacha oldinga siljigan.

    Davomini o'qish...
    1189
    14.08.2024 07:15
  • Hoshimjon uslubi: Oʻzim javob beraman!

    Islomning bugungi global miqyosda jonlanishi Oʻzbekistonda ham sezilmoqda. Bir tomondan xorijiy kuchlar, ikkinchi tomondan ichki siyosiy elita, har biri oʻz manfaatlaridan kelib chiqib, Islom dinining rivojlanishi, ilmiy tilda aytganda “diniy fonning ortishi” qay darajada mamlakat barqarorligini taʻʻminlashi yoki aksincha, siyosiy inqirozga etaklashi ehtimolini baholashga urinmoqda.

    Davomini o'qish...
    2535
    13.08.2024 20:00
  • Soxta yangiliklar zamonida tanqidiy fikr yuritish

    Bugun dunyoning turli burchaklarida fitnalar, axborot urushlari avj olmoqda. Bunday murakkab sharoitda eng toʻgʻri yoʻl – axborotlarga nisbatan tanqidiy yondashish, maʻʻlumot manbalarini oʻrganish, bir gap bilan aytganda, axborot savodxonligiga erishishdir. Muqaddas dinimiz Islom avvalboshdan – hadis va oyatlar orqali dezinformatsiyaga qarshi kurashga oʻrgatgan. Biroq bu boradagi bilimlar bugunchalik dolzarb ahamiyat kasb etmagan.

    Davomini o'qish...
    1265
    13.08.2024 17:38
  • Bangladeshning sobiq bosh vaziriga nisbatan qotillik boʻyicha ish qoʻzgʻatildi

    Bangladeshning sobiq bosh vaziri Shayx Hasina va 6 nafar sobiq amaldorlarga nisbatan namoyishlar vaqtida Dakkada oziq-ovqat doʻkoni egasining oʻlimida ayblanib jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Mamlakatda Hasina maʻʻmuriyatining davlat xizmatiga kvota ajratish qaroriga qarshi namoyishlarda 600 ga yaqin fuqaro halok boʻlgan.

    Davomini o'qish...
    893
    13.08.2024 16:43
  • Pokiston Afgʻonistonning chegaradagi qishloqlariga hujumi uyushtirdi: 2 kishi halok boʻldi

    Pokiston harbiylari Afgʻonistonning chegaradon Torxam shahrini minomyotlar bilan oʻqqa tutdi. Natijada ona va uning bolasi halok boʻldi, yana bir kishi jarohatlandi. Hujumga javoban “Tolibon” ham Pokistonning chegaradagi postlarini bombardimon qildi.

    Davomini o'qish...
    1029
    13.08.2024 14:39
235
236
237

...

409