10.06.2025 11:09
123
Eron: "isroil yadroviy dasturiga oid minglab maxfiy hujjatlarni qoʻlga kiritdik"
Eron axborot va milliy xavfsizlik vaziri Ismoil Xatib mamlakat tarixidagi eng yirik maxfiy operatsiyalardan biri amalga oshirilganini maъlum qildi. Bu amaliyot natijasida isroil yadroviy dasturiga oid minglab maxfiy hujjatlar qoʻlga kiritilgan.
Olingan maъlumotlar orasida Dimonadagi yadroviy markaz haqidagi maъlumotlar, AQSh va Evropadagi hamkorlik sxemalari, shuningdek foto va videomateriallar bor.
Tahlilchilarga koʻra, bu hujjatlar isroil fuqarolari – Roy Mizraxi va Alьmog Atias tomonidan etkazilgan boʻlishi mumkin. Ular Eron tomonidan yollangani va maxfiy maъlumotlarni ijtimoiy tarmoq orqali etkazib kelgani aytilmoqda. Ikkalasi ham 2025 yilning may oyida isroilda josuslik ayblovi bilan qoʻlga olingan.
Sionist hukumati bu xabar yuzasidan hozircha rasmiy bayonot bermagan. Xalqaro kuzatuvchilar bu voqea mintaqadagi mavjud keskinlikni yanada kuchaytiradi, degan fikrda.