Oʻzbekistonda Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi
Shavkat Mirziyoev III Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqida investorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qator takliflarni taqdim etdi. Jumladan, Jahon savdo tashkiloti tartib-qoidalari va standartlariga mos keluvchi «Investitsiyalar toʻgʻrisida»gi qonun qabul qilinadi, mamlakatda Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi va xorijiy sarmoyadorlarga erlarni ijaraga berish muddati ikki barobar uzaytiriladi.
Shavkat Mirziyoev III Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq
soʻzladi. U ishtirokchilarni qutlab, investorlarga murojaat qildi va ularni
Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilishga chaqirdi.
«Bizning asosiy maqsadimiz — Oʻzbekistonni xorijiy
investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir, — dedi davlat
rahbari. — Davlatimiz bozor munosabatlarini rivojlantirishni, investorlar
huquqlari ishonchli himoya qilinishini, qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini
yanada takomillashtirishni, halol raqobat uchun yanada keng shart-sharoitlar yaratishni,
xususiy mulk daxlsizligi va sud tizimining mustaqilligi taʻʻminlanishini oʻz
zimmasiga olmoqda».
Oʻzbekiston prezidenti investorlar huquqlarini himoya qilishni
kuchaytirishga qaratilgan qator takliflarni taqdim etdi.
«Investitsiyalar toʻgʻrisida»gi qonunni qabul qilamiz. Ushbu
hujjat Jahon savdo tashkiloti tartib-qoidalari va standartlariga muvofiq ishlab
chiqildi», — degan Shavkat Mirziyoev Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon
banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga
bu boradagi yaqin hamkorligi uchun minnatdorlik bildirdi.
Bundan tashqari, prezidentning taʻʻkidlashicha, tez orada
mamlakatda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Xalqaro tijorat sudi
ish boshlaydi.
«Ushbu sud Oʻzbekiston sud-huquq tizimida alohida oʻringa ega
boʻladi. Buning uchun yaqin muddatlarda maxsus qonunni qabul qilamiz. Protsessual
kodekslarga ushbu xalqaro tijorat sudi qarorlari toʻlaqonli ijro etilishiga oid
meʻʻyorlarni ham kiritamiz», — dedi Shavkat Mirziyoev.
Oʻzbekiston rahbari, shuningdek, «sanoat zonalari tizimiga
mutlaqo yangi yondashuvlar»ni joriy etish rejalarini ham maʻʻlum qildi.
«Yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun
investorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Sanoat zonalarini
boshqarishda xususiy operatorlar, jumladan, yuqori malakali xorijiy kompaniyalarni
faol jalb qilish amaliyoti kengaytiriladi. Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat
muddatlari boʻyicha cheklovlar ham bekor qilinadi», — dedi Shavkat Mirziyoev.
«Xorijiy sarmoyadorlar uchun erlarni ijaraga berish muddati 25
yildan 49 yilgacha, yaʻʻni ikki barobar uzaytiriladi. Bunda, qonunlar bilan
kafolatlangan amaldagi imtiyoz va preferentsiyalar toʻliq saqlab qolinadi», — dedi
prezident.
Bu masalalarning barchasi 3 may kuni prezident huzuridagi
Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishida ham muhokama qilinadi.