02.05.2024 09:45
KFC boykot sababli 108 ta filialini yopdi
Amerikaning KFC tamaddixonalar tarmogʻi Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlariga javoban boshlangan boykot ortidan Malayziyadagi 108 ta filialini vaqtincha yopdi. Avvalroq KFC reklama kampaniyasida "Kechirasiz, bu erda chodirlar yoʻq, barmogʻingizni yalaydigan yaxshi tovuqlar bor" degan mazmundagi jumlani ishlatgan edi. Bu soʻzlar chodirlarda yashayotgan millionlab gʻazodiklarning ustidan kulish sifatida qabul qilindi. Mcdonald's va Starbucks daromadlari ham pastladi.
Amerikaning KFC tamaddixonalar tarmogʻi Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlariga javoban boshlangan boykot ortidan Malayziyadagi 108 ta filialini vaqtincha yopdi.
Avval KFC ijtimoiy tarmoqlarda: “Kechirasiz, bu erda chodirlar yoʻq, barmogʻini yalaydigan yaxshi tovuq!” degan yozuvni joylashtirgandi.
Ushbu xabar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari oʻrtasida bahs-munozaralarga va uni boykot qilishga chaqiriqlarga sabab boʻldi. Mazkur eʻʻlon Rafahdagi ochlikdan qiynalayotgan koʻchirilgan falastinliklarning ahvoliga ishora sifatida koʻrildi!
Keyinchalik xabar Karib dengizidagi Antigua nomli orol bilan bogʻliq ekani, u erda mahalliy APUA kompaniyasi chodirlari oʻgʻirlanishi sodir boʻlayotgani bilan izohlandi.
Mcdonal's ham ikki yil ichida birinchi marta choraklik daromadi pastladi. Mcdonald's Isroilni ochiqchasiga qoʻllab-quvvatlashi, jumladan, bosqinchi askarlarga bepul eguliklar tarqatishi, Isroildagi franshizalarini sotib olgani AQShda va jahon miqyosida boykotlarga sabab boʻlmoqda. Global taqqoslanadigan savdo oʻsishi ketma-ket toʻrtinchi chorakdirki 1,9% gacha qisqarib bormoqda.
Starbucks ham boykotlar sababli oʻtgan chorakda oʻzining yillik sotish prognozini qisqartirdi.