Tojikistonliklar ortidan Oʻzbekiston fuqarolari ham Rossiyaga kirishda taqiqqa uchramoqda
Soʻnggi
kunlarda rossiyalik chegarachilar aeroportlar va er usti oʻtkazish punktlarida
nafaqat Tojikiston fuqarolari, balki Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan kelgan
muhojirlarga ham Rossiya hududiga kirishni ommaviy ravishda taqiqlamoqda. Huquq
himoyachisi Valentina Chupikning aytishicha, ushlab turilganlarning toʻrtdan bir
qismigina Tojikiston fuqarolari, undan ikki hissa koʻpi — Oʻzbekistondan kelgan
muhojirlar, qolganlari Qirgʻiziston vakillari.
Soʻnggi
kunlarda rossiyalik chegarachilar aeroportlar va er usti oʻtkazish punktlarida
nafaqat Tojikiston fuqarolari, balki Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan kelgan
muhojirlarga ham Rossiya hududiga kirishni ommaviy ravishda taqiqlamoqda, deb
yozmoqda Xabar.uz Exclusive.kz nashriga tayangan holda.
Oʻzbekiston
va Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirliklari hozircha holatga izoh bermagan.
Huquq
himoyachisi Valentina Chupikning aytishicha, muhojirlarni mamlakatga kirish vaqtida
ommaviy qoʻlga olish 24 aprelda boshlangan va 1 mayga kelib Rossiya aeroportlarida
4500 ga yaqin odam toʻplangan va xuddi shuncha odam er usti nazorat punktlari
orqali kiritilmagan.
Huquq
himoyachisining aytishicha, ushlab turilganlarning toʻrtdan bir qismigina Tojikiston
fuqarolari, undan ikki hissa koʻpi — Oʻzbekistondan kelgan muhojirlar, qolganlari
Qirgʻiziston vakillari.
Qoʻlga
olinganlarning aksariyati bir-ikki kun ichida «deport» qilinadi, lekin baʻʻzi
hollarda qaytarib yuborish bir haftagacha choʻzilishi mumkin, dedi Chupik.
24 apreldan
buyon huquq himoyachisiga chegarachilar tomonidan qoʻlga olingan muhojirlardan ikki
yuzga yaqin murojaat kelib tushgan. Ularning soʻzlariga koʻra, odamlar och va suvsiz
qolishgan, hatto hojatxonaga kira olishmayapti. Telefonlari olib qoʻyilgan va «hech
qanday tushuntirish berilmaydi».
Rossiyadan
muhojirlarni bunchalik ommaviy chiqarib yuborish hali hech qachon boʻlmagan, deydi
Chupik.
Rossiyadagi
nazorat-oʻtkazish punktlaridagi muhojirlar muammolari haqida faqat Tojikiston
tashqi ishlar vazirligi ochiq xabar berdi. Shanba kuni vazirlik mamlakat
fuqarolariga «oʻta zarurat boʻlmasa, Rossiyaga borishdan vaqtincha tiyilish»ni tavsiya
qildi.
Yakshanba kuni
954 nafar Tojikiston fuqarosi Vnukovo aeroportida tegishli sanitariya
sharoitlarisiz qolayotgani haqida xabar berildi.
Dushanba kuni
Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirilib, Rossiya hududida Tojikiston
fuqarolariga nisbatan «katta salbiy munosabat namoyon boʻlgan koʻplab holatlar»
munosabati bilan norozilik notasi taqdim etildi.
Chorshanba
kuni Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin rossiyalik hamkasbi
Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qilib, mamlakat fuqarolarining
huquqlari va ikki tomonlama kelishuvlar buzilgani haqida gapirgan. Lavrov
«koʻrilayotgan chora-tadbirlar maʻʻlum bir millatga qarshi emas», deb aytgan.
Ayni paytda
Turkiya aeroportlarida ham Oʻzbekiston fuqarolarining hech qanday sabablarsiz
mamlakatga kirishiga toʻsiqlar qoʻyilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Istanbul
aeroportida bir necha kundan beri qolib ketayotgan oʻzbekistonliklarning videolari
tarqalmoqda. Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun
Oʻzbekistonda boʻlib turgan Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz oʻzbek matbuoti
vakillarining bu boradagi savollariga javob berdi.
“Ha, bu
haqidagi barcha gaplarni bugun Oʻzbekistonning tegishli masʻʻullari, doʻstlarimiz
bilan gaplashib oldik. Har bir mamlakat oʻz xavfsizligiga eʻʻtibor qaratishi kerak.
Ammo bu tadbirlarni qilarkanmiz, vatandoshlarmiz, qardoshlarimiz muammolarga duch
kelmasligi lozim. Bu mavzuda tegishli masʻʻullar bir-birlariga juda yaqin
suhbatlashib, bu mazvularni oʻzaro gaplashib, savollar va shikoyatlarga juda qisqa
vaqtda javob topadi”, - dedi u.