Isroilga qarshi Amerika intifodasi, umidbaxsh namoyishlar
Mamlakat boʻylab minglab amerikalik talabalar yahudiy xalqiga nisbatan qandaydir patologik nafrat tufayli oʻz kelajagini va oʻz xavfsizligini xavf ostiga qoʻyib, norozilik bildirmayapti. Ular buni Isroil davlati tomonidan Gʻazoda himoyasiz falastinliklarga qarshi amalga oshirilgan ommaviy qirgʻinni toʻliq rad etish va unga boʻlgan haqli gʻazab vajidan amalga oshirmoqdalar – jurnalist, The Palestine Chronicle muharriri Ramzi Barudning maqolasi.
Ayni chogʻda AQShning oʻnlab universitetlarida ommaviy norozilik
namoyishlari boʻlib turibdi. Biroq bu namoyishlarni shunchaki antisemitizm deb atab
boʻlmaydi.
Mamlakat boʻylab minglab amerikalik talabalar yahudiy xalqiga
nisbatan qandaydir patologik nafrat tufayli oʻz kelajagini va oʻz xavfsizligini
xavf ostiga qoʻyib, norozilik bildirmayapti. Ular buni Isroil davlati tomonidan
Gʻazoda himoyasiz falastinliklarga qarshi amalga oshirilgan ommaviy qirgʻinni toʻliq
rad etish va unga boʻlgan haqli gʻazab vajidan amalga oshirmoqdalar.
Ular Gʻazo sektorida 7 oktabrdan boshlangan qonli hujumlar AQSh
hukumati tomonidan toʻliq moliyalashtirilgani va qoʻllab-quvvatlanayotganidan
gʻazabda.
Ushbu ommaviy norozilik namoyishlari 17 aprelʻ kuni Kolumbiya
universitetida boshlangan va Nʻyu-Yorkdan Texasgacha va Shimoliy Karolinadan
Kaliforniyagacha boʻlgan butun AQSh jugʻrofiyasini qamrab olgan.
Norozilik namoyishlari tabiati va shiddati jihatidan koʻpchilik
ularni 1960-70 yillarda Vetnam urushiga qarshi AQShda oʻtkazilgan namoyishlarga
qiyoslamoqda.
Taqqoslash oʻrinli boʻlsa-da, hozirgi noroziliklarda etnik
xilma-xillik va ijtimoiy uygʻunlikni qayd etish juda muhimdir. Koʻpgina
kampuslarda arab, musulmon, yahudiy, qora tanli, tubjoy amerikalik va oq tanli
talabalar oʻzlarining falastinlik tengdoshlari bilan urushga qarshi yagona pozitsiyada
elkama-elka turishlarini koʻrsatishmoqda.
Ular aniq bir ustuvor maqsad yoʻlida birlashgan: urushni
tugatish, AQShning Isroilni qoʻllab-quvvatlashiga nuqta qoʻyish, oʻz
universitetlarining Isroilga toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyasini toʻxtatish va ularning
norozilik huquqini tan oldirish. Bu idealizm emas, balki eng yaxshi lahzalardagi
insoniyatdir.
Kolumbiyadan boshlangan ommaviy hibsga olishlar va barcha
hududlarda tinch namoyishchilarga qarshi uyushtirilayorgan zoʻravonliklarga qaramay,
harakat kuchayib bormoqda.
Boshqa tomondan, prezident Jo Baydendan boshlab barcha AQSh
siyosatchilari ularning oqilina va global miqyosda qoʻllab-quvvatlovga ega
talablarini koʻrib chiqish oʻrniga, namoyishchilarni antisemitizmda aybladilar.
Yana bir bor Demokratik va Respublikachi tuzilmalar Isroilni
koʻr-koʻrona qoʻllab-quvvatlashda bir yoqadan bosh chiqardi.
Bayden “antisemit norozilik namoyishlari"ni qoralab,
ularni "aybdor va xavfli” deb taʻʻrifladi.
Bir necha kundan soʻng AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri
Mayk Jonson universitetga xavfsizlik xizmati himoyasi ostida tashrif buyurdi va
demokratiyani qabul qilamiz, soʻz erkinligi va yigʻinlar oʻtkazish huquqini hurmat
qilamiz, degan ulugʻvor daʻʻvolarni ilgari suruvchi davlatga mutlaqo mos
kelmaydigan tilda nuqt soʻzladi.
“Biz kampusimizda bunday nafrat va antisemitizmning
gullab-yashnashiga yoʻl qoʻya olmaymiz”, dedi u va qoʻshimcha qildi: “Men bugun
hamkasblarimga qoʻshilaman va Prezident (Minouch) Shafikni bunday tartibsizlikka
darhol chek qoʻymasa, isteʻʻfoga chiqishga chaqiraman”.
Biroq Shafik namoyishlarni bostirish harakatida etakchi edi, u
Nʻyu-York politsiya departamentini namoyishchilarni antisemitizmda yolgʻon ayblagan
holda, ularni bostirishga chaqirgan edi.
AQShning asosiy ommaviy axborot vositalari noroziliklarning
sabablari xususida chalkash va xato maʻʻlumotlarning keng yoyilishiga hissa qoʻshishga
yordam berdi.
The Wall Street Journal yana bir bor Stiven Stalinskiy kabi
yozuvchilarga yosh adliya faollarini Isroilning Gʻazodagi dahshatli genotsidini tanqid
qilishga jurʻʻat etgani uchun qoralashga izn berdi.
“Hamas, Hizbulloh, husiylar va boshqalar AQShda va butun
Gʻarbda namoyish faollariga yordam koʻrsatmoqda”, dedi u va shu tariqa AQShning
genotsidni qoʻllab-quvvatlashi haqidagi tanqidiy suhbatlarni gʻalati va asossiz
yoʻnalishlarga burib yubordi.
AQSh tuzumining
yozuvchilari oʻzlari va oʻquvchilarini aldashda davom etishni istasalar ham, haqiqat
oʻzgarib qolmaydi, na Hizbulloh, na Hamasning yollanma xodimlari AQShning Ayvi
Ligasi universitetlarida hech qanday faoliyat olib bormaydi.
Bu kabi chalgʻitishlarning barchasi Amerika jamiyatidagi inkor
etib boʻlmaydigan oʻzgarishlarni koʻzdan qochirish uchun moʻljallangan. Bu oʻzgarishlar
ayni chogʻda Isroil va Falastin haqidagi mashhur qarashlarda uzoq muddatli fikriy
evrilishni keltirib chiqarishi turgan gap.
Amerikaliklar Isroil va oʻz mamlakatining Tel-Aviv bilan
“maxsus munosabatlari” xususidagi fikr va qarashlarini oʻzgartirmoqda.
Yosh demokratlar boshchiligida mustaqil faollar va maʻʻlum
darajada yosh respublikachilar orasida muayyan oʻzgarish tendentsiyalari kechmoqda.
“Yaqin Sharqda hamdardlik va xayrixohlik endilikda
isroilliklardan koʻra koʻproq falastinliklarga qaratilmoqda” degan bayonot oʻtmishda
aqlga sigʻmas edi. Biroq bu yangi mavzu boʻyicha oʻtkazilgan soʻnggi soʻrovlar hamda
Baydenni maʻʻqullash reytinglarining pasayib borayotgani ham bu haqiqatni
tasdiqlashda davom etmoqda.
Isroilni soʻzsiz qoʻllab-quvvatlash asosida martaba qozongan va
qozonishda davom etayotgan amerikalik siyosatchilarning keksa avlodlari yangi
voqelikdan lol-u hayratda. Ularning burro tili bugun haqiqat oldida tutilib
qolmoqda. Shunga qaramay, ular Isroil hukumati talablarini qondirish uchun oʻz
xalqining butun avlodi, hatto Amerikaning boʻlajak rahbarlarini ham tuhmat
qilishga tayyor.
24 aprelʻ kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu
televidenie orqali bergan bayonotida namoyishchilarni “etakchi universitetlarni
egallab olgan antisemit toʻdalar” deya taʻʻriflab, tinch namoyishchilar “Isroilni yoʻq
qilishga” chaqirayotganini daʻʻvo qildi. Uning soʻzlari siyosati va mafkurasidan
qatʻʻi nazar, barcha amerikaliklarni gʻazabga solishi kerak edi. Ammo, koʻpgina
amerikalik siyosatchilar Netanyaxuning soʻzlarini toʻtiqush kabi takrorlay
boshladilar.
Biroq ularning siyosiy koʻzlov bilan qilayotgan bunday ishlari
uzoq kelajakda emas, balki yaqin oylarda, xususan prezidentlik saylovlari
arafasida oʻzining teskari natijasini beradi.
Millionlab amerikaliklar urushdan, hukumatning xorijiy
davlatga sodiqligidan, militarizmdan, politsiya zoʻravonligidan, AQSh boʻylab soʻz
erkinligining misli koʻrilmagan cheklovlaridan va boshqalardan zada boʻlgani, toʻyib
ketgani aniq.
Avvalgi avlodlarga xos manfaatlarga, tarixiy va maʻʻnaviy
saroblarga befarq boʻlmagan yosh amerikaliklar “etar endi”, deb eʻʻlon qilmoqda.
Ular bugun qilayotgan ishlari gʻoyat jiddiy ahamiyatga ega, ular bir ovozdan, uzoq
vaqtdan beri berib kelinayotgan savollarga javoblarni, maʻʻnaviy va huquqiy
javobgarlikni va urushni darhol tugatishni talab qilmoqdalar.
AQSh hukumati chora koʻrish oʻrniga, aksincha, Isroil urush
mashinasini millionlab falastinliklarga qarshi hujumida qoʻllab quvvatlayotgani
uchun, jasur talabalar bu yovuzlikka qarshi bosh koʻtardilar. Bu, shubhasiz, Qoʻshma
Shtatlar tarixidagi eng hayratlanarli voqeadir.
Ramzi Barud, jurnalist va The Palestine Chronicle
muharriri.