suvdan

  • Sudanda fitna olovini kim yoqdi?

    Isroilning Sudanga nisbatan siyosatidagi "bosh gʻoya" Devid Ben-Gurionning mashhur bayonotidan olingan: “Biz (Isroil) kichik bir xalqmiz. Imkoniyatlarimiz cheklangan. Bu cheklovlarimizni Arab davlatlaridagi dushmanlarimiz bilan urushda zaif nuqtalarini aniqlash va chuqur oʻrganish orqali bartaraf qilishimiz kerak. Ayniqsa etnik, mazhabiy guruhlar va ozchiliklar oʻrtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirar ekanmiz, ularni echilmaydigan muammoga aylantirishimiz zarur”. Mazkur “bosh gʻoya” Isroilning arab mamlakatlari bilan qanday muomala qilishini belgilab beradi. Uning asosida yahudiy davlati “periferiya strategiyasi”ni – yaъni arab mamlakatlarining chekka hududlaridagi beqarorlikni kuchaytirish strategiyasini ishlab chiqqan. Bu aynan Janubiy Sudandagi boʻlinish orqali amalga oshirildi.

    Davomini o'qish...
    27
    30.07.2025 17:25
  • Sudanda qirgʻin: 200 kishi tiriklay yoqib yuborilgani aytilmoqda

    Shimoliy Darfur va Kordofan hududlarida iyulь oyi oʻrtalaridan buyon zoʻravonliklar avj olgan. 450 dan ortiq tinch aholi vakillari, jumladan ayollar va bolalar halok boʻlgan.

    Davomini o'qish...
    49
    30.07.2025 08:56
  • Sudanda 825 ming bolaning hayoti xavf ostida qolmoqda

    Mintaqada oziq-ovqat, ichimlik suvi va dori-darmon etishmovchiligi misli koʻrilmagan darajaga etgan. 457 ming bola toʻyib ovqatlanmaslik tufayli ogʻir kamqonlikdan aziyat chekyapti. 146 ming nafar bolaning ahvoli oʻta ogʻir.

    Davomini o'qish...
    38
    29.07.2025 16:36
  • Gʻarbiy Sudan: ochlik va dori-darmon etishmasligi oqibatida 239 bola halok boʻldi

    Sudan shifokorlari tarmogʻi maъlumotlariga koʻra, qamal ostidagi Al-Fasher shahrida bolalar oʻrtasida oʻlim holatlari keskin oshgan – joriy yilning yanvarь oyidan beri kamida 239 bola halok boʻlgan. Buning asosiy sababi: Tezkor harakat kuchlari (RSF) tomonidan shaharning qamal qilinishi, gumanitar inqiroz va xalqaro hamjamiyat tomonidan hech qanday yordam va eъtibor berilmayotganidir. Maъlumot uchun, 2021 yil oktyabridagi davlat toʻntarishidan keyin Sudanni generallardan tarkib topgan kengash boshqarmoqda va ularning asosiy ikkitasi oʻrtasida nizo kelib chiqqan.

    Davomini o'qish...
    201
    04.07.2025 17:05
  • Sudandagi soʻnggi voqealar nimadan darak?

    Sudandagi mojaro muhim pallaga keldi. Oʻttiz toʻqqiz oylik fuqarolik urushidan soʻng Sudan qurolli kuchlari (SAF) juma kuni ertalab Xartum markazidagi prezident saroyini qayta qoʻlga kiritib, urush boshidan beri hududni nazorat qilib kelayotgan isyonchi yarim harbiy guruh – Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari (RSF)ga jiddiy va hal qiluvchi zarba berdi.

    Davomini o'qish...
    537
    24.03.2025 18:00
  • Dunyo oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlib qoldi: Sudan haqida kim qaygʻuradi?

    2010 yillarda Suriya va Livandagi mojarolar haqidagi xabarlar vaqti-vaqti bilan gazetalarda paydo boʻldi, ammo Yamandagi inqiroz unutib qoʻyildi. Afsuski, bu yil Gʻazo, Ukraina va Livandagi mojarolar tufayli Sudan eʻʻtibor roʻyxatidan pastga tushib ketdi. Kelgusi yilda butun dunyodagi hukumatlar va axborot agentliklari Sudandagi voqealarga eʻʻtibor qaratishlari va sudanliklarning hikoyalariga munosib eʻʻtibor berishning yangi usullarini oʻylashlari kerak. Britaniya Islomiy yordam tashkiloti direktori Tufail Husayn maqolasidan.

    Davomini o'qish...
    882
    04.01.2025 08:00
  • Sudanda RSF kuchlarining masjidga hujumi oqibatida tinch aholi halok boʻldi

    Sudan hukumati Tezkor harakat kuchlarining (RSF) poytaxt Xartum gʻarbidagi Omdurmanda masjidga uyushtirgan artilleriya hujumida kamida besh nafar tinch aholi halok boʻlganini maʻʻlum qildi. Shuningdek, masjid imomi va bir qancha bolalar jarohatlangan.

    Davomini o'qish...
    660
    20.11.2024 10:36
  • Sudanda vabo epidemiyasi 852 kishining hayotiga zomin boʻldi

    Sudanda vabo epidemiyasi oqibatida vafot etganlar soni 852 nafarga etdi. 3,4 million sudanlik bola xavf ostida. Shuningdek, mamlakatdagi fuqarolik urushi sababli 11 milliondan ortiq kishi qochqinga aylangan.

    Davomini o'qish...
    871
    01.11.2024 14:45
  • Sudanda RSF kuchlari Qirgʻizistonga aloqador yuk samolyotini urib tushirdi

    Sudanda Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari (RSF) Shimoliy Darfurning Malha hududida Sudan armiyasi tomonidan bombardimonchi sifatida foydalanilayotgan samolyot urib tushirilganini maʻʻlum qildi. Biroq qoldiqlar Il-76 samolyotiga tegishli boʻlib, ekipaj aʻʻzolaridan biri BAAda joylashgan Qirgʻizistonga aloqador Airline Transport Incorporation FZC kompaniyasi guvohnomasi boʻlgan.

    Davomini o'qish...
    1011
    21.10.2024 16:03
  • Misr Sudandagi fuqarolar urushiga aloqadorligini rad etdi

    Sudan Tezkor Harakat Kuchlari rahbari Muhammad Hamdan Dagalo Misrni mamlakatdagi qurolli mojarolarga aralashayotgan 6 davlatdan biri ekanini maʻʻlum qildi. Uning fikricha, Misr qurolli kuchlari Xartum janubidagi Jabel Moya hududiga zarbalar bermoqda.

    Davomini o'qish...
    882
    10.10.2024 16:30
1
2
3