21.10.2024 16:03

Sudanda RSF kuchlari Qirgʻizistonga aloqador yuk samolyotini urib tushirdi

Sudanda Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari (RSF) Shimoliy Darfurning Malha hududida Sudan armiyasi tomonidan bombardimonchi sifatida foydalanilayotgan samolyot urib tushirilganini maʻʻlum qildi. Biroq qoldiqlar Il-76 samolyotiga tegishli boʻlib, ekipaj aʻʻzolaridan biri BAAda joylashgan Qirgʻizistonga aloqador Airline Transport Incorporation FZC kompaniyasi guvohnomasi boʻlgan.

Sudanda mamlakat armiyasi bilan urishayotgan Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari (RSF) taxminlarga koʻra xatolik bilan BAA yuk samolyotini urib tushirdi.

RSF bugun soat 04:00 atrofida Shimoliy Darfurning Malha hududida Sudan armiyasi tomonidan bombardimonchi sifatida foydalanilayotgan samolyot urib tushirilganini maʻʻlum qildi.

Biroq qoldiqlar Il-76 samolyotiga tegishli boʻlib, ekipaj aʻʻzolaridan biri Viktor Granovda Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan Qirgʻizistonda aloqador Airline Transport Incorporation FZC kompaniyasi guvohnomasi boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, Muhammad Hamdan Dagalo boshchiligidagi Tezkor harakat kuchlari xavfsizlik kuchlari va Sudandagi Abdul Fattoh al-Burxon boshchiligidagi mamlakat armiyasi oʻrtasidagi fuqarolar urushi 2023 yil aprelʻ oyi oʻrtalaridan buyon davom etmoqda. Fuqarolik urushi mobaynida 10 mingdan ortiq tinch aholi halok boʻldi, millionlab insonlar qochqinlarga aylandi. Qolaversa, mamlakatda vabo epidemiyasi ham avj olmoqda. Joriy yil iyulʻ oyidan buyon Sudanning 6 ta viloyatida 18 mingdan oshiq vabo holati va 600 dan ziyod oʻlim qayd etildi.

 

Mavzuga aloqador